https://oz.sputniknews.uz/20250222/kozi-ojiz-ustoz-maqom-47967734.html
Qalb musiqasi: Ko‘zi ojiz ustoz maqom san’atini yosh avlodga yetkazmoqda
Qalb musiqasi: Ko‘zi ojiz ustoz maqom san’atini yosh avlodga yetkazmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shahriyor Dodojonovning ko‘zlari ojiz, u dunyoni ko‘ra olmaydi, lekin uni maqom sadolarida eshitadi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, u o‘qituvchi bo‘lib, hozir bolalarga an’anaviy san’atdan saboq bermoqda.
2025-02-22T19:30+0500
2025-02-22T19:30+0500
2025-02-22T19:30+0500
o‘zbekiston
san’at
o‘zbek milliy cholg‘u san’ati
madaniyat
video
multimedia
maqom
ko‘zi ojizlar
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48077162_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a9c78f68fca244d28e32ef190d93663b.jpg.webp
Shahriyor Dodojonovning ko‘zlari ojiz, u dunyoni ko‘ra olmaydi, lekin uni maqom sadolarida eshitadi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, u o‘qituvchi bo‘lib, hozir bolalarga an’anaviy san’atdan saboq bermoqda.Shahriyor bolaligidan artist bo‘lishni orzu qilgan, ko‘zi ojizlik unga to‘siq bo‘lmagan. Oilasi, ustozlari va kursdoshlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan u O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomladi, endi esa Sirdaryo viloyatidagi kichik shaharchada bolalarga maqomni o‘rgatmoqda.U har bir o‘quvchiga alohida munosabatda bo‘lib, maqom ijrosining murakkabligiga qaramay, hech kimni ajratmaydi.Sputnik O‘zbekiston lavhasida Shahriyor o‘z hayotidagi qiyinchiliklarni qanday yenggani, an’anaviy san’atni saqlab qolish nima uchun muhimligi va o‘quvchilariga qanday yondashishini hikoya qiladi.
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_ae0262c27271cb2ef4e4db53b0cbbbd7.png.webp
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_ae0262c27271cb2ef4e4db53b0cbbbd7.png.webp
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48077162_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_612edcd56b20471dc412b9757b1944ea.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_ae0262c27271cb2ef4e4db53b0cbbbd7.png.webp
ko‘zi ojiz ustoz maqom
Qalb musiqasi: Ko‘zi ojiz ustoz maqom san’atini yosh avlodga yetkazmoqda
Eksklyuziv
Shahriyor bolaligidan artist bo‘lishni orzu qilgan, ko‘zi ojizlik unga to‘siq bo‘lmagan.
Shahriyor Dodojonovning ko‘zlari ojiz, u dunyoni ko‘ra olmaydi, lekin uni maqom sadolarida eshitadi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, u o‘qituvchi bo‘lib, hozir bolalarga an’anaviy san’atdan saboq bermoqda.
“Ota-onalar farzandini olib keladi va o‘ylashadi: qanday dars o‘tar ekan? Keyin bir-ikki marta o‘zlari kirib, dars faoliyatimni ko‘rganidan keyin xursand bo‘lishadi. Haqiqatdan ham yaxshi dars o‘tar ekan, deb menga iliq fikrlar bildirishgan”, - deydi u.
Shahriyor bolaligidan artist bo‘lishni orzu qilgan, ko‘zi ojizlik unga to‘siq bo‘lmagan. Oilasi, ustozlari va kursdoshlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan u O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomladi, endi esa Sirdaryo viloyatidagi kichik shaharchada bolalarga maqomni o‘rgatmoqda.
“Men shunday fikrdamanki, chet el qo‘shiqlarini eshitgandan ko‘ra, o‘zimizning maqom ashulalarimizni, ustozlar qoldirgan an’anaviy ashulalarni chiroyli qilib, sayqal berib aytsa, albatta, yoshlar ham tinglaydi”, – deydi Dodojonov.
U har bir o‘quvchiga alohida munosabatda bo‘lib, maqom ijrosining murakkabligiga qaramay, hech kimni ajratmaydi.
“Men o‘ylaymanki, ustozning hech qachon shogird tanlashga haqqi yo‘q, chunki shogirdlar keladi. Ularning ustoz tanlashga haqqi bor. Lekin ustoz kelgan o‘quvchi bilan munosabatni qilib, ilk saboqni beradi. Agar o‘sha bolaning o‘zida qobiliyat bo‘lsa, oxirigacha olib ketadi. Yoki o‘zini boshqa sohada sinashga majbur bo‘ladi”, - deydi u.
Sputnik O‘zbekiston lavhasida Shahriyor o‘z hayotidagi qiyinchiliklarni qanday yenggani, an’anaviy san’atni saqlab qolish nima uchun muhimligi va o‘quvchilariga qanday yondashishini hikoya qiladi.