Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPeregovori ministrov inostrannix del RF i Uzbekistana S. Lavrova i B. Saidova
Peregovori ministrov inostrannix del RF i Uzbekistana  S. Lavrova i B. Saidova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va AQSh ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzulari muhokama qilindi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston va AQSh ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzularini muhokama qildik”, - deydi Saidov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Ishbilarmon doiralar o‘rtasida mustahkam ko‘priklar barpo etish, har ikki yo‘nalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni ta’minlash kun tartibining asosiy qismidan o‘rin oldi.
Yangiliklar lentasi
0