Putinning “Kelajak texnologiyalari” forumidan asosiy bayonotlari

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin prinyal uchastie v rabote Forum budushix texnologiy
Prezident Vladimir Putin prinyal uchastie v rabote Forum budushix texnologiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2025
Obuna bo‘lish
Ilm-fanni rivojlantirish, kimyo sanoati, bioiqtisodiyot, yangi materiallar sohasida yetakchilikni qo‘lga kirishi haqida.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Kelajak texnologiyalari” forumining yalpi majlisida so‘zga chiqib, Rossiyaning eng ilg‘or texnologiyalari haqida gapirdi.

“Oreshnik” haqida

"Butun dunyo "Oreshnik" haqida gapirmoqda. Lekin u qanday materiallardan ishlab chiqilgan? Jangovar kallaklaridagi harorat Quyosh yuzasidagi haroratga mos keladi". Bu qurol g‘oyasi 80-yillar oxirida paydo bo‘lgan, lekin u vaqtda uni yaratish uchun mos keladigan materiallar bo‘lmagan", - dedi Putin.

G‘arb kompaniyalari haqida

Olingan salohiyatni yo‘qotmaslik uchun xorijiy kompaniyalarni qaytarish masalasini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak. Rossiya ishlab chiqaruvchilari orasida afzalliklarga ega bo‘lgan korxonalarning o‘zaro munosabatlarini JST doirasida tartibga solishi kerak. Tashqi muammolar va sanksiyalar iqtisodiyot uchun muhim rag‘batlantiruvchi rol o‘ynadi.
Ilm-fanni moliyalashtirishni YaIMning ikki foizigacha yetkazish kerak. Davlat ilmiy rivojlanish sohasida xususiy investorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Rossiya G‘arb olimlari bilan hamkorlikda to‘siqlar yaratmoqchi emas.
Nafaqat birlamchi xomashyo, balki yuqori standartli mahsulotlarni ham eksport qilish imkonini beradigan o‘zimizning texnologik kalitlarga ega bo‘lishimiz muhim.
"Rossiya kompaniyalari bizning olimlarimizga tobora ko‘proq murojaat qilmoqdalar va ulardan yordam olishmoqda va mahalliy yechimlar ko‘pincha xorijiy muqobillardan ko‘ra samaraliroq bo‘lib chiqmoqda", - dedi Putin.

Bioiqtisodiyot haqida

Ayni damda "kristallanayotgan" yangi texnologiyalar tez orada dunyoni o‘zgartiradi.
Bugungi kunda yangi hodisa - bioiqtisodiyot paydo bo‘lmoqda.
"Bu global o‘sish nuqtayi nazaridan juda muhim mavzu. Kelajak texnologiyalari forumining navbatdagisini bioiqtisodiy masalalarga bag‘ishlashni taklif qilaman, albatta, agar hamkasblar buni mumkin va qiziqarli deb topsa. Biz butun dunyodan fan, ta’lim va biznes vakillarini ishtirok etishga taklif qilamiz. Biz hamkorlikka ochiqmiz", - dedi Rossiya prezidenti.

Texnologik rivojlanish haqida

Rossiya kimyo va yangi materiallar ishlab chiqarishda mukammallikka erishishi va sifat jihatidan raqobatbardosh bo‘lgan innovatsion mahsulotlarni taklif qilishi kerak.
Kimyo sanoatidagi sovet merosi SSSR parchalanganidan keyin isrof qilindi.
Rossiya litiyni o‘zi qazib olishi kerak.Kimyo sanoati va unga aloqador tarmoqlar salohiyatini bir necha barobar oshirish zarur.
Biz kimyo sohasidagi mavjud texnologiyalarni va yangi materiallarni almashtirish bilan qanoatlanmasligimiz kerak, biz o‘z platformalarimizni ishlab chiqishimiz kerak.
Yangi korxonalar yaqin yillarda polimerlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradi.
Ba’zi sohalarda Rossiyadan xorijiy davlatlardan "ortda qoldi", shu jumladan, dvigatellar ishlab chiqarish sohasida ham ko‘p ish qilish kerak;

Rossiyaning Arktikadagi roli haqida

Rossiya bugungi kunda Arktikada mutlaq yetakchi hisoblanadi:
"Hozirda ko‘plab davlatlar biz bilan atom muzorar kemalari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi", - dedi Rossiya yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0