https://oz.sputniknews.uz/20250221/ozbekiston-rossiya-petropavlovsk-kamchatskiy-turistlar-48062587.html
O‘zbekistonga Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimi oshiriladi
O‘zbekistonga Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimi oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tomoni Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi yetakchi turkompaniyalar bilan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va Rossiyaning ushbu hududidan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
2025-02-21T12:26+0500
2025-02-21T12:26+0500
2025-02-21T12:27+0500
o‘zbekiston - rossiya
turizm
hamkorlik
turistlar
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48062324_0:163:3064:1887_1920x0_80_0_0_2ad06775180102d76f20bbd607420313.jpg.webp
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida o‘tkazilgan turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha V “Puteshestvuy!” (“Sayohat qil!”) forumida ishtirok etishdi.O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy shaharlari va ziyoratgohlari, xorijlik sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar rossiyalik turoperatorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, forumda turizm va mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirish, Rossiya va xorijiy davlatlar sayyohlik tashkilotlari o‘rtasida ekologik va qishki turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tarmoqli tajriba almashish hamda soha hamjamiyatini o‘ylantirayotgan eng dolzarb masalalar muhokama qilindi.O‘zbekiston tomoni Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi yetakchi turkompaniyalar bilan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va Rossiyaning ushbu hududidan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250218/ozbekiston-vladivostok-turizm-hamkorlik-47997979.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48062324_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_81140be8092f948c5249cbf86273561e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya petropavlovsk-kamchatskiy turistlar
o‘zbekiston rossiya petropavlovsk-kamchatskiy turistlar
O‘zbekistonga Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimi oshiriladi
12:26 21.02.2025 (yangilandi: 12:27 21.02.2025) O‘zbekiston tomoni Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi yetakchi turkompaniyalar bilan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va Rossiyaning ushbu hududidan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida o‘tkazilgan turizmni barqaror rivojlantirish bo‘yicha V “Puteshestvuy!” (“Sayohat qil!”) forumida ishtirok etishdi.
O‘zbekiston vakillari “Discover Russia: Rossiyani Uzoq Sharqdan kashf qilish” mavzusidagi asosiy sessiyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga doir taqdimot o‘tkazdilar. Ishtirokchilarga mamlakatda turizm yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror va dasturlar haqida so‘zlab berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning ekologik, madaniy, ziyorat, gastronomik va sanoat turizmi imkoniyatlari, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva va Termiz kabi tarixiy shaharlar salohiyati haqida ta’kidlandi.
O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy shaharlari va ziyoratgohlari, xorijlik sayyohlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar rossiyalik turoperatorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, forumda turizm va mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirish, Rossiya va xorijiy davlatlar sayyohlik tashkilotlari o‘rtasida ekologik va qishki turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tarmoqli tajriba almashish hamda soha hamjamiyatini o‘ylantirayotgan eng dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi yetakchi turkompaniyalar bilan O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish va Rossiyaning ushbu hududidan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.