O‘zbekistonda atmosfera havosi musaffoligini ta’minlash choralari kuchaytiriladi
10:00 21.02.2025 (yangilandi: 11:55 21.02.2025)
© SputnikZagraznenie vozduxa v Tashkente

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 500 kvadrat metrlik ochiq qurilish maydonidan yiliga 50 tonnagacha chang va qum havoga ko‘tariladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonda atmosfera havosi musaffoligini ta’minlash choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
© Senata Oliy MajlisaUsilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa

Usilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa
© Senata Oliy Majlisa
Ta’kidlanishicha, qurilish va urbanizatsiya ko‘lamlarining kengayishi, qurilish obyektlarining maydonlaridan chang va qum zarrachalarining shamol orqali havoga ko‘tarilishi natijasida atmosfera havosi yomonlashmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada 500 kvadrat metrlik ochiq qurilish maydonidan yiliga 50 tonnagacha chang va qum havoga ko‘tariladi.
© Senata Oliy MajlisaUsilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa

Usilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa
© Senata Oliy Majlisa
Senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilgan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ushbu turdagi huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi modda bilan to‘ldirilmoqda.
Endilikda o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
© Senata Oliy MajlisaUsilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa

Usilivayutsya meri po obespecheniyu chistoti atmosfernogo vozduxa
© Senata Oliy Majlisa
Senatorlar ta’kidlashicha, ushbu qonunning qabul qilinishi binolar, inshootlar va ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash davrida atmosfera havosiga tartibsiz ravishda tashlanadigan chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini oldini oladi. Atrof-muhitning ekologik musaffoligini saqlash, fuqarolarning o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish huquqlarini ta’minlaydi. Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.