O‘zbekiston armiyasida dronlar va ularga qarshi kurash bo‘linmalari tashkil etiladi
15:40 21.02.2025 (yangilandi: 16:03 21.02.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil Sentr innovatsionnix texnologiy Agentstva oboronnoy promishlennosti

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti va Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston armiyasida dronlar va ularga qarshi kurash bo‘linmalari tashkil etish, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va boshqa masalalar ko‘tarildi.
“Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanmoqda. Shundan kelib chiqib, qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi”, - deyiladi majlis bayonotida.
Shuningdek, prezident “Bosh serjantlar korpusi” faoliyatini takomillashtirish, mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sport sohasiga yo‘naltirish kabi muhim vazifalarni belgilab berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil Sentr innovatsionnix texnologiy Agentstva oboronnoy promishlennosti

Prezident posetil Sentr innovatsionnix texnologiy Agentstva oboronnoy promishlennosti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, prezident Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda Markazida 80 taga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston mudofaa sanoati 17-21 fevral kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan "IDEX-2025" xalqaro qurol ko‘rgazmasida Respublikada ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnikalarni namoyish etmoqda. Xususan, "Arslon 8×8" va "Arslon 6×6" zirhli transportorlar, "To‘fon" o‘ziyurar gaubitsasi shular jumlasidan.