https://oz.sputniknews.uz/20250221/garbning-500-yillik-hukmronlik-davri-tugadi--lavrov-48073020.html
G‘arbning 500-yillik hukmronlik davri tugadi — Lavrov
G‘arbning 500-yillik hukmronlik davri tugadi — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb yetakchilikni qo‘ldan chiqarganini tan olishni istamasdan, hamkorlik qilish o‘rniga, turli yo‘llar bilan rivojlanayotgan davlatlarga xalal berishga intilmoqda. 21.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-21T16:43+0500
2025-02-21T16:43+0500
2025-02-21T17:29+0500
sergey lavrov
rossiya
briks (brics)
g20
rossiya tiv
xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj)
g‘arb
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48073530_0:0:1178:662_1920x0_80_0_0_fbf92ca9fb76af6c9611adb89c0b0ace.jpg.webp
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlari kengashida nutq so‘zladi. "Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, umumiy chaqiriq va tahdidlarni hech bir davlat bir o‘zi yenga olmaydi. Jahon zanjiridagi bir halqaning zaiflashishi butun insoniyatni og‘ir sinovlarga mahkum etadi. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari, “Shimoliy oqim” quvuridagi terrorchilik, birinchi navbatda, YeIning raqobatdosh salohiyatiga kuchli zarba bergani bunga yorqin misol", - dedi Lavrov. Misol uchun, 2022-yilda BRIKS yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha G7ni ishonchli tarzda ortda qoldirdi. Bugungi kunda ularning jahon iqtisodiyotidagi ulushlari nisbati 37% ga 29% ni tashkil qilmoqda. Ikkinchidan, rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’ati G‘arb mamlakatlariga qaraganda ikki baravar tez — 4 % dan ortiqni tashkil qilmoqda. G‘arbda esa — 2 foizdan kam. Uchinchidan, rivojlanayotgan davlatlar ilg‘or g‘oyalar va taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt sohasida ham generatorga aylanmoqda.G‘arb ko‘p qutblilikka qarshi G‘arbdagi neoliberal doiralar ko‘p qutbli dunyo paydo bo‘layotganiga imkoniyat emas, balki qiyinchilik sifatida qaraydi. Ular qarama-qarshilikka bema’ni pul tikib, raqiblariga "strategik mag‘lubiyat" yetkazishga muvaffaqiyatsiz urinmoqda. Neokolonial amaliyotlar qo‘llanilmoqda: rivojlanayotgan mamlakatlardan tabiiy resurslarni arzonga tortib olib, ularning mahsulotlariga psevdoekologik soliqlar kiritish, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi o‘rtasidagi Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatishga urinish, Janubiy mamlakatlarda sanoatlashtirishni to‘xtatishga urinishlar qilmoqda. Bir misol: agar noyob metallarini qazib olish rivojlanayotgan mamlakatlarga yiliga arzimagan 11 milliard dollar daromad keltira olsa, G‘arb ulardan batareyalar ishlab chiqarib 400 milliard dollar daromad olmoqda. Jahon moliya tizimi ham G‘arb uchun xizmat qilmoqda. O‘tgan yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida dunyoda harbiy xarajatlar e’lon qilindi - suveren aktivlarni o‘g‘irlash va xalqaro rivojlanish yordamini qisqartirish hisobiga Ukrainaga 2,4 trillion dollarlik yordam ajratilgani ma’lum bo‘ldi.BRIKS va G20 foydali platforma bo‘lib qolmoqdaBunday sharoitlarda BRIKS va G20 hanuzgacha turli strategiya va rivojlanish darajalariga ega bo‘lgan davlatlar manfaatlarini bog‘lash uchun foydali platforma sifatida o‘z maqomini saqlab kelmoqda. 2024-yilda biz kelishib oldik: “Global janub” ko‘p tomonlama institutlar, xususan, XVF va Jahon banki faoliyatida o‘z vazniga mos keladigan haqiqiy ta’sir ko‘rsatishi va JSTda uning ehtiyojlari hisobga olinishini ta’minlashi kerak. Endi kelishuvlar bajarilishi kerak va Rossiya buni amalga oshirish uchun hamma narsani qiladi.Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z tabiiy resurslarini mustaqil boshqarishi, ular uchun adolatli narx olishi hamda bozorlar, ta’minot zanjirlari, texnologiyalar va sarmoyalarga hamma bilan teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini ta’minlash muhim ahamiyatga ega, deb xulosa qildi Lavrov.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48073530_0:0:1090:817_1920x0_80_0_0_09fa62d4399826054e8bfd5382bebeb0.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey lavrov, rossiya, briks (brics), g20, rossiya tiv, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj), g‘arb, dunyo yangiliklari, dunyoda
sergey lavrov, rossiya, briks (brics), g20, rossiya tiv, xalqaro valyuta jamg‘armasi (xvj), g‘arb, dunyo yangiliklari, dunyoda
G‘arbning 500-yillik hukmronlik davri tugadi — Lavrov
16:43 21.02.2025 (yangilandi: 17:29 21.02.2025) G‘arb yetakchilikni qo‘ldan chiqarganini tan olishni istamasdan, hamkorlik qilish o‘rniga, turli yo‘llar bilan rivojlanayotgan davlatlarga xalal berishga intilmoqda.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlari kengashida nutq so‘zladi.
"Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, umumiy chaqiriq va tahdidlarni hech bir davlat bir o‘zi yenga olmaydi. Jahon zanjiridagi bir halqaning zaiflashishi butun insoniyatni og‘ir sinovlarga mahkum etadi. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari, “Shimoliy oqim” quvuridagi terrorchilik, birinchi navbatda, YeIning raqobatdosh salohiyatiga kuchli zarba bergani bunga yorqin misol", - dedi Lavrov.
"Biroq, zamonaviy dunyo tubdan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda va haqiqatan ham ko‘p qutbli bo‘lib bormoqda. G‘arbning besh yuz yillik hukmronligi qaytarib bo‘lmaydigan darajada yo‘qoldi. Ular ushbu obyektiv haqiqatni qabul qilish uchun kuch topishi kerak", - dedi Lavrov.
Misol uchun, 2022-yilda BRIKS yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha G7ni ishonchli tarzda ortda qoldirdi. Bugungi kunda ularning jahon iqtisodiyotidagi ulushlari nisbati 37% ga 29% ni tashkil qilmoqda.
Ikkinchidan, rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’ati G‘arb mamlakatlariga qaraganda ikki baravar tez — 4 % dan ortiqni tashkil qilmoqda. G‘arbda esa — 2 foizdan kam.
Uchinchidan, rivojlanayotgan davlatlar ilg‘or g‘oyalar va taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt sohasida ham generatorga aylanmoqda.
G‘arb ko‘p qutblilikka qarshi
G‘arbdagi neoliberal doiralar ko‘p qutbli dunyo paydo bo‘layotganiga imkoniyat emas, balki qiyinchilik sifatida qaraydi. Ular qarama-qarshilikka bema’ni pul tikib, raqiblariga "strategik mag‘lubiyat" yetkazishga muvaffaqiyatsiz urinmoqda.
Neokolonial amaliyotlar qo‘llanilmoqda: rivojlanayotgan mamlakatlardan tabiiy resurslarni arzonga tortib olib, ularning mahsulotlariga psevdoekologik soliqlar kiritish, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi o‘rtasidagi Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatishga urinish, Janubiy mamlakatlarda sanoatlashtirishni to‘xtatishga urinishlar qilmoqda.
Bir misol: agar noyob metallarini qazib olish rivojlanayotgan mamlakatlarga yiliga arzimagan 11 milliard dollar daromad keltira olsa, G‘arb ulardan batareyalar ishlab chiqarib 400 milliard dollar daromad olmoqda.
Jahon moliya tizimi ham G‘arb uchun xizmat qilmoqda. O‘tgan yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida dunyoda harbiy xarajatlar e’lon qilindi - suveren aktivlarni o‘g‘irlash va xalqaro rivojlanish yordamini qisqartirish hisobiga Ukrainaga 2,4 trillion dollarlik yordam ajratilgani ma’lum bo‘ldi.
BRIKS va G20 foydali platforma bo‘lib qolmoqda
Bunday sharoitlarda BRIKS va G20 hanuzgacha turli strategiya va rivojlanish darajalariga ega bo‘lgan davlatlar manfaatlarini bog‘lash uchun foydali platforma sifatida o‘z maqomini saqlab kelmoqda.
2024 yilda biz kelishib oldik: “Global janub” ko‘p tomonlama institutlar, xususan, XVF va Jahon banki faoliyatida o‘z vazniga mos keladigan haqiqiy ta’sir ko‘rsatishi va JSTda uning ehtiyojlari hisobga olinishini ta’minlashi kerak. Endi kelishuvlar bajarilishi kerak va Rossiya buni amalga oshirish uchun hamma narsani qiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z tabiiy resurslarini mustaqil boshqarishi, ular uchun adolatli narx olishi hamda bozorlar, ta’minot zanjirlari, texnologiyalar va sarmoyalarga hamma bilan teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini ta’minlash muhim ahamiyatga ega, deb xulosa qildi Lavrov.