https://oz.sputniknews.uz/20250221/aqsh-bmtning-nyu-yorkdagi-shtab-kvartirasi-haqidagi-kelishuvni-bekor-qilmoqchi-48064145.html
AQSh BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi haqidagi kelishuvni bekor qilmoqchi
AQSh BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi haqidagi kelishuvni bekor qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikachilarga ko‘ra BMT samarasiz boshqarilmoqda va o‘z vazifalarini bajarmayapti. 21.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-21T14:30+0500
2025-02-21T14:30+0500
2025-02-21T15:13+0500
aqsh
bmt
donald tramp
shartnoma
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23970198_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_688f027a2782b36c3af51bdb46390f11.jpg.webp
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. AQShning respublikachi senatorlari Qo‘shma Shtatlar BMT bilan Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi haqida tuzilgan kelishuvdan chiqishni taklif qilmoqda.Gap 1947-yilda imzolangan BMT shtab-kvartirasining Nyu-York shahrida joylashishi haqidagi shartnoma haqida ketmoqda. Unda BMT hududi chegaralari aniq belgilangan bo‘lib, ushbu hududda BMT Bosh Assambleyasi tartib-qoidalari mahalliy qonunlardan ustun turishi va yana bir qator shartlar belgilangan. AQSh prezidenti Donald Tramp 4-fevral kuni AQShning BMTdagi ishtirokini qayta baholash to‘g‘risidagi farmonni imzolab, tashkilot yomon boshqarilayotgani va o‘z vazifasini bajarmayotganini aytgan edi.Avvalroq Tramp mamlakatning JSSTdan chiqishi haqidagi buyruqni imzolagan edi. Yangi ma’muriyat JSST samarasiz, siyosiy ta’sir ostida va Qo‘shma Shtatlardan juda ko‘p mablag‘ talab qiladi, deb hisoblaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23970198_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a77ffe4672680312ced675c87459e814.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, bmt, donald tramp, shartnoma, dunyo yangiliklari, dunyoda
aqsh, bmt, donald tramp, shartnoma, dunyo yangiliklari, dunyoda
AQSh BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi haqidagi kelishuvni bekor qilmoqchi
14:30 21.02.2025 (yangilandi: 15:13 21.02.2025) Respublikachilarga ko‘ra BMT samarasiz boshqarilmoqda va o‘z vazifalarini bajarmayapti.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. AQShning respublikachi senatorlari Qo‘shma Shtatlar BMT bilan Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi haqida tuzilgan kelishuvdan chiqishni taklif qilmoqda.
Gap 1947-yilda imzolangan BMT shtab-kvartirasining Nyu-York shahrida joylashishi haqidagi shartnoma haqida ketmoqda. Unda BMT hududi chegaralari aniq belgilangan bo‘lib, ushbu hududda BMT Bosh Assambleyasi tartib-qoidalari mahalliy qonunlardan ustun turishi va yana bir qator shartlar belgilangan.
Juma kuni senatorlar AQSh va BMT orasida imzolangan qator kelishuvlardan chiqishini talab qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Qonun loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning agentliklarini moliyalashtirishni qisqartiradi va Senat roziligisiz tashkilotga qayta kirishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, AQShning BMT tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etishiga ham taqiq joriy etiladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 4-fevral kuni AQShning BMTdagi ishtirokini qayta baholash to‘g‘risidagi farmonni imzolab, tashkilot yomon boshqarilayotgani va o‘z vazifasini bajarmayotganini aytgan edi.
Avvalroq Tramp mamlakatning JSSTdan chiqishi haqidagi buyruqni imzolagan edi. Yangi ma’muriyat JSST samarasiz, siyosiy ta’sir ostida va Qo‘shma Shtatlardan juda ko‘p mablag‘ talab qiladi, deb hisoblaydi.