https://oz.sputniknews.uz/20250220/eoii-kambodja-savdo-iqtisod-hamkorlik-48053822.html
Tadbirkorlar uchun YeOII va Kambodja bozorlariga kirish yaxshilanadi — YeIK
Tadbirkorlar uchun YeOII va Kambodja bozorlariga kirish yaxshilanadi — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirmoqda
2025-02-20T16:30+0500
2025-02-20T16:30+0500
2025-02-20T16:30+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
savdo
biznes
asean
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523859_0:0:3289:1850_1920x0_80_0_0_edda76bbfc96032d9f81c7af41a5d1da.jpg.webp
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirmoqda, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati. YeIK va Kambodja qirolligi hukumati qo‘shma ishchi guruhi yig‘ilishida keng ko‘lamli iqtisodiy masalalar bo‘yicha muloqotni diversifikatsiya qilish va chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, savdo, bojxona faoliyatini tartibga solish, sanoat va agrosanoat kompleksi, raqamli rivojlanish, sug‘urta va qimmatli qog‘ozlar, raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi. YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning amalga oshirilishi YeOII mamlakatlari va Kambodja iqtisodiyotlarining raqobatbardoshligini oshirish va axborot to‘siqlarini bartaraf etishga xizmat qilishini ta’kidladi. “YeIK – Kambodja” muloqoti formati savdo-iqtisodiy hamkorlikning harakatlantiruvchi omili bo‘lgan ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi va muloqotni chuqurlashtirishning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. YeIK integratsiya bloki rahbari kambodjalik hamkorlarni Yevroosiyo iqtisodiy forumi tadbirlarida ishtirok etishga, shuningdek, an’anaviy tarzda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tadigan YeOII-ASEAN biznes muloqotiga qo‘shilishga taklif qildi. Kambodja qirolligi Savdo vazirligi davlat kotibi Tekret Kamrang Kambodja tomonining YeIK bilan faol muloqotga sodiqligini tasdiqladi va ikki mintaqa ishlab chiqaruvchilarining YeOII va Kambodja bozorlariga o‘zaro kirishini yaxshilaydigan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ishlab chiqishni olqishladi. Yig‘ilishda Komissiyaning tegishli bo‘limlari, YeOII mamlakatlari va Kambodja rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Ushbu integratsiya birlashmalarining mintaqaviy iqtisodiy arxitekturadagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olgan holda YeOII va ASEAN o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250219/eoii-istemolchilar-huquq-himoya-yondashuvlar-48028424.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523859_201:0:2932:2048_1920x0_80_0_0_f3be72fc772d7d27bc75dd6763719c5b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlik
yeoii kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlik
Tadbirkorlar uchun YeOII va Kambodja bozorlariga kirish yaxshilanadi — YeIK
YeOII va Kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirmoqda.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Kambodja savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirmoqda, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)
matbuot xizmati. YeIK va Kambodja qirolligi hukumati qo‘shma ishchi guruhi yig‘ilishida keng ko‘lamli iqtisodiy masalalar bo‘yicha muloqotni diversifikatsiya qilish va chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, savdo, bojxona faoliyatini tartibga solish, sanoat va agrosanoat kompleksi, raqamli rivojlanish, sug‘urta va qimmatli qog‘ozlar, raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning amalga oshirilishi YeOII mamlakatlari va Kambodja iqtisodiyotlarining raqobatbardoshligini oshirish va axborot to‘siqlarini bartaraf etishga xizmat qilishini ta’kidladi.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik dinamikasi o‘zaro hamkorlik uchun yaxshi imkoniyatlar va uning geografiyasini diversifikatsiya qilish istiqbollaridan dalolat beradi. Biz YeIK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha sohaviy muloqotni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro majburiyatni ko‘rmoqdamiz”, — deya qayd etdi u.
“YeIK – Kambodja” muloqoti formati savdo-iqtisodiy hamkorlikning harakatlantiruvchi omili bo‘lgan ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi va muloqotni chuqurlashtirishning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
“YeOII mamlakatlari va Kambodja ishbilarmon doiralari vakillarini muloqotga kengroq jalb qilish va ularning bevosita aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish muhim”, dedi vazir. — Biz tadbirkorlik subyektlariga biznes-forumlar va ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlarini, shu jumladan ishchi guruh yig‘ilishlari oralig‘ida ham o‘rganishni taklif qilamiz”.
YeIK integratsiya bloki rahbari kambodjalik hamkorlarni Yevroosiyo iqtisodiy forumi tadbirlarida ishtirok etishga, shuningdek, an’anaviy tarzda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tadigan YeOII-ASEAN biznes muloqotiga qo‘shilishga taklif qildi.
Kambodja qirolligi Savdo vazirligi davlat kotibi Tekret Kamrang Kambodja tomonining YeIK bilan faol muloqotga sodiqligini tasdiqladi va ikki mintaqa ishlab chiqaruvchilarining YeOII va Kambodja bozorlariga o‘zaro kirishini yaxshilaydigan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ishlab chiqishni olqishladi.
Yig‘ilishda Komissiyaning tegishli bo‘limlari, YeOII mamlakatlari va Kambodja rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Ushbu integratsiya birlashmalarining mintaqaviy iqtisodiy arxitekturadagi o‘rni ortib borayotganini hisobga olgan holda YeOII va ASEAN o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.