Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Toshkent viloyatini qanday turizm loyihalari kutmoqda — ekspertlar javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshken viloyati bu yil xorijiy sayyohlar sonini 1,5 million kishiga yetkazmoqchi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Toshkent viloyatiga 2025-yilda 1,5 millionga yaqin xorij va 10 millionga yaqin mahalliy sayyohlarni jalb etish, eksport hajmini 429 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Toshkent viloyatining turizm salohiyati: yangi loyihalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Matbuot anjumanida Toshkent viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xurshid Toshpo‘latov va turizm sohasi kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Jahongir Eshonqulovlar so‘zga chiqishdi.
Quyidagilar qayd etildi:
Agar 7-8 yil avval xorijlik mehmonlarning aksariyati O‘zbekistonni Samarqand yoki Buxoro kabi an’anaviy yo‘nalishlar bilan bilgan bo‘lsa, keyingi yillarda vaziyat o‘zgargan. Ayni paytda Toshkent viloyati tashrif buyuruvchilar va o‘zbekistonliklar orasida tobora ommalashib bormoqda.
2023 yilda bu yerga 463 mingdan ortiq, 2024-yilda esa milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. 2025-yilda ularning sonini 1,5 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan.
Bunday ko‘rsatkichlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy shinam mehmonxonalar, dam olish maskanlari, sanatoriylar, mehmon uylari va yotoqxonalar, ko‘ngilochar markazlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq.
Ko‘proq dam oluvchilar nostandart turistik marshrutlarni - turizm qishloqlariga yoki baliq fermalariga tashrif buyurishni tanlamoqda.
Ma’ruzachilar xalqaro hamkorlik va mintaqaning xorijdagi obro‘sini yuksaltirish borasidagi ishlar haqida gapirib berishdi.
Xurshid Toshpo‘latovning aytishicha, Moskva viloyati bilan hamkorlik memorandumi doirasida 18-20 mart kunlari Toshkent viloyati Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasida (MITT) alohida stend bilan ishtirok etadi.
© SputnikToshkent viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xurshid Toshpo‘lato
Zamestitel nachalnika Tashkentskogo oblastnogo upravleniya turizma Xurshid Toshpulatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Toshkent viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xurshid Toshpo‘lato
“Ayni paytda ko‘rgazmaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, — dedi Toshpo‘latov.
Shuningdek, turizm boshqarmasi tomonidan kadrlar bilan ishlash ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Jahongir Eshonqulovning so‘zlariga ko‘ra, Chirchiq davlat pedagogika instituti turizm fakulteti o‘quv laboratoriyasida 2024-yilda 740 nafarga yaqin kishi malaka oshirgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkichni 1000 nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Bo‘stonliq turizm kollejida 2025 o‘quv yilidan boshlab ikki mingga yaqin kishi dual ta’lim asosida o‘qishni boshlaydi.
© SputnikToshkent viloyati turizm sohasi kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Jahongir Eshonqulov
Glavniy spetsialist po razvitiyu kadrovogo potensiala v sfere turizma i rabote s obrazovatelnimi uchrejdeniyami Tashkentskogo oblastnogo upravleniya turizma Jaxongir Eshonkulov.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Toshkent viloyati turizm sohasi kadrlar salohiyatini rivojlantirish va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Jahongir Eshonqulov
“Chirchiq davlat pedagogika institutida turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar Qozon shahridagi oliy o‘quv yurtlarida o‘z profiliga mos keladigan ikki haftalik malaka oshirish kurslarida o‘qishi rejalashtirilgan. Bu TITF-2024 (“Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi) doirasida imzolangan memorandumda nazarda tutilgan”, — dedi Eshonqulov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025-yilda Moskva viloyati bilan ham shunday hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0