https://oz.sputniknews.uz/20250219/ozbekiston-turkiy-davlatlar-tashkilot-oqsoqollar-kengash-48020313.html
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi.
2025-02-19T09:27+0500
2025-02-19T09:27+0500
2025-02-19T09:27+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
turkiy davlatlar tashkiloti (tdt)
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48020145_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ccaf55ecb2b1501bade4b1ae34865ff6.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Binali Yildirim O‘zbekistonga shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan.Uchrashuv avvalida siyosatchi davlat rahbariga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomini yetkazdi. Tomonlar tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.Aytilishicha, TDT doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ham muhokama etildi.Ma’lumot uchun, Oqsoqollar kengashi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi. Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002-yilda Anqarada tashkil etilgan Muhandis va me’morlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48020145_77:0:1214:853_1920x0_80_0_0_c8587d7d7c0a84f3fc8953aa3e236c7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev kuvayt toshkent turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi turkiyaning sobiq bosh vaziri binali yildirim turkiya prezidenti rejep tayyip erdog‘an
shavkat mirziyoyev kuvayt toshkent turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi turkiyaning sobiq bosh vaziri binali yildirim turkiya prezidenti rejep tayyip erdog‘an
O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi
Binali Yildirim O‘zbekistonga shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi.
Binali Yildirim O‘zbekistonga shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun kelgan.
Uchrashuv avvalida siyosatchi davlat rahbariga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomini yetkazdi. Tomonlar tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yakunida qabul qilingan dastur va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida amaliy sheriklikni kengaytirish va aloqalarni faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, TDT doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari ham muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, Oqsoqollar kengashi Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi doimiy maslahat organi hisoblanadi. Turkiy dunyo shaharsozlik kongressi 2002-yilda Anqarada tashkil etilgan Muhandis va me’morlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi. Uyushma faoliyatida Samarqand va Navoiy shaharlari hokimliklari faol ishtirok etmoqda.