https://oz.sputniknews.uz/20250219/ozbekiston-tarmoqsimon-polietilen-48031863.html
O‘zbekiston ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqaradi — tafsilotlar
O‘zbekiston ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqaradi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor tarmoqsimon polietilen xomashosini ishlab chiqarish loyihasiga oid yakuniy kelishuv imzolandi.
2025-02-19T15:15+0500
2025-02-19T15:15+0500
2025-02-19T15:15+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48031244_0:72:1128:707_1920x0_80_0_0_715196be978714f17726960e20fdcbf9.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqariladi, deya xabar berdi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi matbuot xizmati. Respublikada ilk bor tarmoqsimon polietilen xomashosini ishlab chiqarish loyihasiga oid yakuniy kelishuv imzolandi. Aytilishicha, loyiha natijasida O‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarish orqali ichki bozorning yillik 25-30 ming tonnalik ehtiyoji mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplanadi. Ma’lumot uchun, tarmoqsimon polietilen (PE-X) oddiy polietilenga nisbatan ancha mustahkam, elastik va yuqori haroratga chidamli bo‘lib, suv va gaz quvurlari, isitish tizimlari, elektr izolyatsiyasi sohalarida qo‘llaniladi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48031244_46:0:1083:778_1920x0_80_0_0_2bf868f75045a32c00412eb70530a400.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nasaf xcp techno sho‘rtan gaz kimyo majmuasi xitoy yunnan xinchengpeng polymer technology o‘zeltexsanoat techno cable group tarmoqsimon polietilen (pe-x)
nasaf xcp techno sho‘rtan gaz kimyo majmuasi xitoy yunnan xinchengpeng polymer technology o‘zeltexsanoat techno cable group tarmoqsimon polietilen (pe-x)
O‘zbekiston ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqaradi — tafsilotlar
Ishga tushirilgan yangi loyihaning qiymati 8 million dollarga teng.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqariladi, deya xabar berdi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi
matbuot xizmati. Respublikada ilk bor tarmoqsimon polietilen xomashosini ishlab chiqarish loyihasiga oid yakuniy kelishuv imzolandi.
“Ushbu hujjatlar asosida “NASAF XCP TECHNO” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, loyihaga rasman start berildi. Mazkur korxona Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Xitoyning “Yunnan Xinchengpeng Polymer Technology” kompaniyasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Techno Cable Group” korxonasi hamkorligida tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, loyiha natijasida O‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarish orqali ichki bozorning yillik 25-30 ming tonnalik ehtiyoji mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplanadi.
“8 million dollar qiymatidagi mazkur loyihaning ishga tushirilishi import hajmini yiliga 30 million dollarga kamaytirib, 65 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga hamda ichki sanoat tarmog‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, tarmoqsimon polietilen (PE-X) oddiy polietilenga nisbatan ancha mustahkam, elastik va yuqori haroratga chidamli bo‘lib, suv va gaz quvurlari, isitish tizimlari, elektr izolyatsiyasi sohalarida qo‘llaniladi.