Migratsiya: patent olishdagi ayrim xizmatlar O‘zbekistonga o‘tkazilishi mumkin

© RIA Novosti / Kirill KallinikovInostranniy grajdanin razgovarivayet s sotrudnikom sentra vo vremya polucheniya trudovogo patenta. Arxivnoe foto
Inostranniy grajdanin razgovarivayet s sotrudnikom sentra vo vremya polucheniya trudovogo patenta. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Sankt-Peterburg migratsiya markaziga patent olishning ayrim xizmatlarini respublikaga o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyada ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirish markazida fuqarolar uchun qabul kunlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi "Yediniy sentr dokumentov" MChJ direktori o‘rinbosari Oleg Skovpen bilan uchrashishdi.
“Muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi xodimlarining ushbu markaz hududida fuqarolar uchun qabul kunlarini tashkil etish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Sankt-Peterburgda mehnat migrantlari uchun patent olish bo‘yicha ayrim turdagi xizmatlarni mamlakatga o‘tkazishni taklif etdi.
Aytilishicha, uchrashuv yakunida tomonlar ushbu taklifni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.
Oleg Skovpenning qayd etishicha, 2010-yilda ochilgan mazkur tashkilot "yagona darcha" tamoyilidan foydalangan holda xorijiy fuqarolarni Rossiya hududida qonuniy bo‘lishlari uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi platforma hisoblanadi.
"Yediniy sentr dokumentov" Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi 3 ming migrantga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Xorijiy fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ularni qonuniylashtirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan mobil ilovasi ham bor.
Patent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2024
2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?
Yangiliklar lentasi
0