Lavrov mehnat migrantlari uchun viza joriy qilinishiga qarshi chiqdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov: ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mehnat migratsiyasiga to‘siqlar yaratishga emas, nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar uchun viza rejimini joriy qilish Rossiyaning uzoq muddatli manfaatlariga javob bermaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Davlat dumasida bo‘lib o‘tgan hukumat soatida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, migrantlarning kirish tartibini kuchaytirish, Sobiq ittifoq respublikalari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etish Rossiyaning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qilmaydi.

“Biz shundan kelib chiqamizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda Kavkazorti va boshqa sobiq respublikalardan kelgan mehnat migrantlariga nisbatan har qanday yondashuvni keskinlashtirish uzoq muddatli manfaatlarimizga xizmat qilmaydi. Ha, albatta, tartibni nazorat qilish darkor. Ko‘plab qonunbuzarliklar migrantlar kelgan bir qator geografik hududlarda qayd etilgan, lekin biz ularning xatti-harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirish, lekin to‘siqlar qo‘ymaslik, ayniqsa, viza rejimini joriy qilmaslik zarurligidan kelib chiqamiz”, — deydi u.

Rossiya vazirining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mehnat migratsiyasiga to‘siqlar yaratishga emas, nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalariga asosan ishga qabul qilish uchun nomzodlar qanday imtihondan o‘tmoqdalar? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Matbuot markazi
Rossiyalik ish beruvchilarning talabnomalari: nomzodlar qanday imtihondan o‘tishmoqda?
Yangiliklar lentasi
0