https://oz.sputniknews.uz/20250219/jurnalist-sputnikpro-mahorat-dars-48036634.html
Jurnalist odob-axloqi: Toshkentda SputnikPro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Jurnalist odob-axloqi: Toshkentda SputnikPro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Jurnalistning kasbiy axloq kodeksi” mavzusida SputnikPro loyihasi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
2025-02-19T18:00+0500
2025-02-19T18:00+0500
2025-02-19T18:00+0500
sputnikpro
o‘zbekiston
oav
jurnalist
video
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48034978_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_ca08fea8b23a6ecdfc5affa7ddcfa8d0.jpg
Toshkentdagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Xalqaro jurnalistika fakultetida “Jurnalistning kasbiy axloq kodeksi” mavzusida SputnikPro loyihasi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.Spiker sifatida Sputnik O‘zbekiston katta muharriri Mariya Krasovskaya qatnashdi. U O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, kasb etikasi kodeksida belgilangan axloqiy meyorlar haqida so‘zlab berdi.Mariya Krasovskayaning qayd etishicha, jurnalistika jamoatchilik fikrini shakllantirishga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim sohalardan biridir. Shuning uchun OAV o‘z faoliyatida shifokorlarning asosiy tamoyillaridan biri “zarar yetkazma” shioriga amal qilishi kerak.Shu bilan birga, kasb etikasi jurnalistlarga hamkasblari, ma’lumot manbalari, davlat idoralari va auditoriya bilan aloqalarni to‘g‘ri qurishda yordam beradi.O‘zbekistonda Jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi Jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2019-yilda bo‘lib o‘tgan IV konferensiyasida tasdiqlangan. U jurnalist faoliyatining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarini belgilovchi kirish qismi va 10 banddan iborat.Mariya Krasovskaya, shuningdek, OAV xodimlarining xatti-harakatlarining asosiy normalarini belgilaydigan xalqaro hujjatlar haqida ham so‘zlab berdi. Talabalar BMT va xalqaro jurnalistlar federatsiyasi deklaratsiyalari, shuningdek, YuNESKOda qabul qilingan tamoyillar haqida ko‘proq bilib olishdi.Olingan bilimlarni mustahkamlash uchun talabalar mavzu bo‘yicha bir nechta topshiriqlarni bajarishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Sputnik Pro — bu Sputnik axborot agentligi tomonidan olib borilayotgan xalqaro media ta’lim loyihasi. Unda Agentlikning eng tajribali mutaxassislari va ekspertlari jurnalistlar, matbuot kotiblari, bloger va yuqori kurs talabalari uchun mahorat darslari, seminar va ma’ruzalar olib borishadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/13/48034978_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_fe9bf426fa1e1c12142688fd52d7a805.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent o‘zdjtu xalqaro jurnalistika fakulteti jurnalistning kasbiy axloq kodeksi sputnikpro
toshkent o‘zdjtu xalqaro jurnalistika fakulteti jurnalistning kasbiy axloq kodeksi sputnikpro
Jurnalist odob-axloqi: Toshkentda SputnikPro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Eksklyuziv
Toshkentda SputnikPro loyihasi doirasida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentdagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) Xalqaro jurnalistika fakultetida “Jurnalistning kasbiy axloq kodeksi” mavzusida SputnikPro loyihasi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Spiker sifatida Sputnik O‘zbekiston katta muharriri Mariya Krasovskaya qatnashdi. U O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, kasb etikasi kodeksida belgilangan axloqiy meyorlar haqida so‘zlab berdi.
Mariya Krasovskayaning qayd etishicha, jurnalistika jamoatchilik fikrini shakllantirishga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim sohalardan biridir. Shuning uchun OAV o‘z faoliyatida shifokorlarning asosiy tamoyillaridan biri “zarar yetkazma” shioriga amal qilishi kerak.
Shu bilan birga, kasb etikasi jurnalistlarga hamkasblari, ma’lumot manbalari, davlat idoralari va auditoriya bilan aloqalarni to‘g‘ri qurishda yordam beradi.
"Bu qonun emas, balki biz jurnalistlar sifatida ish paytida tayanadigan xulq-atvor qoidalari yoki axloqiy qo‘llanma", — deb tushuntirdi ma’ruzachi.
O‘zbekistonda Jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi Jurnalistlar ijodiy uyushmasining 2019-yilda bo‘lib o‘tgan IV konferensiyasida tasdiqlangan. U jurnalist faoliyatining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarini belgilovchi kirish qismi va 10 banddan iborat.
Mariya Krasovskaya, shuningdek, OAV xodimlarining xatti-harakatlarining asosiy normalarini belgilaydigan xalqaro hujjatlar haqida ham so‘zlab berdi. Talabalar BMT va xalqaro jurnalistlar federatsiyasi deklaratsiyalari, shuningdek, YuNESKOda qabul qilingan tamoyillar haqida ko‘proq bilib olishdi.
Olingan bilimlarni mustahkamlash uchun talabalar mavzu bo‘yicha bir nechta topshiriqlarni bajarishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Sputnik Pro — bu Sputnik axborot agentligi tomonidan olib borilayotgan xalqaro media ta’lim loyihasi. Unda Agentlikning eng tajribali mutaxassislari va ekspertlari jurnalistlar, matbuot kotiblari, bloger va yuqori kurs talabalari uchun mahorat darslari, seminar va ma’ruzalar olib borishadi.