IDEX-2025: O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmada qanday harbiy texnikalarni namoyish etdi?
11:29 19.02.2025 (yangilandi: 11:59 19.02.2025)
© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanUzbekistan predstavil svoe voorujenie na vistavke IDEX v OAE

© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: besh kunlik tadbir doirasida yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda, deya xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston harbiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek, ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
© Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan

5/6

6/6

1/6

2/6

3/6

4/6

“O‘zbekiston uchun ajratilgan povilonlardan “Arslon” 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin oldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sun’iy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi direktori Mansurjon Ibodullayev IDEX-2025 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi doirasida Ozarbayjon Mudofaa sanoati vaziri Vugar Mustafoyev bilan “yo‘l xaritasi” imzoladi.