O‘zbekiston prezidenti Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvaytga tashrif doirasida mamlakat valiahdi shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar, hukumat a’zolari va yetakchi kompaniyalar bilan sermahsul uchrashuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lishi aytildi.
“Oliy va yuqori darajada yaqin muloqot va almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi. Investitsiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
"Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti doirasidagi tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Naslednim prinsem etoy strani Sheyxom Sabaxom as-Sabaxom.
Qabul qilingan barcha qaror va kelishuvlar ijrosi ustidan birgalikda nazorat o‘rnatish masalasi kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.
Davlat rahbari Amir Shayx Mish’al as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining a’zolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
"Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar to‘plami imzolandi", deyilgan xabarda.
Davlat rahbari madaniy dastur doirasida "As-Salom" saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlat rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0