https://oz.sputniknews.uz/20250218/oliy-majlis-senat-tortinchi-yalpi-majlis-47998348.html
Senatning to‘rtinchi yalpi majlis sanasi ma’lum qilindi
Senatning to‘rtinchi yalpi majlis sanasi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 20-fevral kuni chaqiriladi
2025-02-18T10:16+0500
2025-02-18T10:16+0500
2025-02-18T11:23+0500
siyosat
o‘zbekiston
senatorlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44742667_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1d8b873a277e8546c831e73ed66ade90.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 20-fevral kuni chaqiriladi, deya xabar berdi O‘zbekiston yuqori palatasi matbuot xizmati.Shuningdek, yalpi majlis kun tartibidan sud, mahkumlarning jazo o‘tashdagi huquqlari, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq qonunlar ham o‘rin olgan.Bundan tashqari, to‘rtinchi yalpi majlisda bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish masalalari aks etgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/0a/44742667_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cfc76f05964eac3c2498828abc8d02f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy majlis senatining to‘rtinchi yalpi majlisi
oliy majlis senatining to‘rtinchi yalpi majlisi
Senatning to‘rtinchi yalpi majlis sanasi ma’lum qilindi
10:16 18.02.2025 (yangilandi: 11:23 18.02.2025) Senatorlar 20-fevral kuni qator qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 20-fevral kuni chaqiriladi, deya xabar berdi O‘zbekiston yuqori palatasi
matbuot xizmati. “Senatorlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit axboroti almashinuvini yanada takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi, yer uchastkalaridan foydalanish, qurilish tartibi, donorlik harakatiga doir hamda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yalpi majlis kun tartibidan sud, mahkumlarning jazo o‘tashdagi huquqlari, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq qonunlar ham o‘rin olgan.
Bundan tashqari, to‘rtinchi yalpi majlisda bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish va ularga qo‘shilish masalalari aks etgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinadi.