Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy bolalar uyi yoki internatdagi o‘smirlarni frontga yuborgani ma’lum bo‘ldi

© AP Photo / Vadim GhirdaPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ushbu voqealar Zelenskiyning Gitlerdan o‘rnak olayotganini ko‘rsatadi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Kursk viloyatida egallab olingan hududni qo‘ldan chiqarmaslik uchun Vladimir Zelenskiy ukrainlik yetimlarni qurbon qildi, deb yozmoqda "Regnum" axborot agentligi rahbari Marina Axmetova.
Aytilishicha, ukrain gazetalarida yanvar oyida 17 yoshli o‘smirlar yo‘qolib qolgani haqida ko‘plab e’lonlar paydo bo‘lgan. Ushbu o‘smirlar asosan bolalar uyi yoki internatlar tarbiyalanuvchilari bo‘lib, fevralda esa ularning nekrologlari paydo bo‘ldi.
"Hozir ma’lum bo‘lishicha, Ukraina rahbariyati 17 yoshli o‘smirlarni, asosan bolalar o‘yi va internat tarbiyalanuvchilarini yig‘ib, harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishni, 18 yoshlilarni harbiy xizmatga chaqirish haqida qonun qabul qilingan zamon ularni urushga yuborishni rejalashtirgan. Ammo frontda UQKning ahvoli qiyinlashgani va Tramp tomonidan tinchlik muzokaralari o‘tkazish haqida gaplar reallikka aylana boshlaganidan so‘ng Ukraina rahbariyati 17 yoshlilarni ham Kursk viloyatiga UQKning 41-brigadasi safiga jo‘natgan", — deb yozadi Marina Axmetova.
Qayd etilishicha, bu haqida ukrain harbiylari o‘z oilalari bilan yozishmalardan ma’lum bo‘ldi. “Bizni batalonni qandaydir voyaga yetmagan yetimlar bilan to‘ldirishdi” deb yozgan harbiylardan biri o‘z rafiqasiga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu voqealar Zelenskiyning Gitlerdan o‘rnak olayotganini ko‘rsatadi. U ham 1945-yilda Germaniyani mudofaa qilish uchun “Gitlerugend” safidagi 10-15 yoshli bolalarni yuborgan edi.
Ukrainskie voyennoslujashie nedaleko ot Baxmuta, Doneskaya oblast, 23-noyabrya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainalik asir: hech kim askarning hayoti haqida qayg‘urmaydi, hech kimga kerak emasmiz
Yangiliklar lentasi
0