https://oz.sputniknews.uz/20250217/tabiat-qaytish-sardor-nugmanov-korgazma-47993575.html
Tabiatga qaytish va o‘zni izlash: Sardor Nugmanov ko‘rgazmasi ochilishi
Tabiatga qaytish va o‘zni izlash: Sardor Nugmanov ko‘rgazmasi ochilishi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Sardor Nugmanovning "Qaytish. Rangtasvir vaqt nafasi kabi", deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
2025-02-17T19:09+0500
2025-02-17T19:09+0500
2025-02-17T19:09+0500
video
multimedia
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/11/47993151_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a03c90b193b7505fd6a0f764ecb4d49f.jpg.webp
Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Sardor Nugmanovning "Qaytish. Rangtasvir vaqt nafasi kabi" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.Ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlar tabiatga qaytish va o‘z-o‘zini izlash, shuningdek, insonning tabiatga salbiy ta’sirini aks ettirishga qaratilgan. Ko‘rgazma 7 ta tematik zalni o‘z ichiga oladi, ularda muallif chuqur falsafiy ma’noni o‘zida mujassam etgan 50 ta rangtasvir asar va 4 ta installyatsiya namoyish etilmoqda.Ular orqali rassom tabiat, texnika va ekologiyaning o‘zaro ta’sirini ochib beradi.Nugmanovning o‘zi uchun ko‘rgazma chuqur ramziy ma’noga ega. Bu uzoq ijodiy tanaffusdan so‘ng "qaytish" bo‘ldi: avvalgisi 2017-yilda bo‘lib o‘tgan.Yangi loyiha ustida ishlashga 4 oydan ko‘proq vaqt ketdi.Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.Ko‘rgazma o‘z ishini 23-fevralgacha davom ettiradi.Ma’lumot uchun, Sardor Nugmanov 1985-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tamomlagan. U O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. Nugmanov an’anaviy rangtasvir texnikasiga amal qiladi, raqamli usullardan qochadi. Rassomning asarlari Toshkent, Rossiya, Vengriya, Turkiya, Qozog‘iston, AQSh, Germaniya, Fransiya kabi davlatlardagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/11/47993151_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ee10f27c689473a680c154746f1f2a97.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent fotosuratlar uyi rassom sardor nugmanov "qaytish. rangtasvir vaqt nafasi kabi" shaxsiy ko‘rgazma regeneration
toshkent fotosuratlar uyi rassom sardor nugmanov "qaytish. rangtasvir vaqt nafasi kabi" shaxsiy ko‘rgazma regeneration
Tabiatga qaytish va o‘zni izlash: Sardor Nugmanov ko‘rgazmasi ochilishi
Eksklyuziv
Rassom asarlari orqali tabiat, texnologiya va ekologiyaning o‘zaro ta’sirini ochib beradi.
Toshkent Fotosuratlar uyida rassom Sardor Nugmanovning "Qaytish. Rangtasvir vaqt nafasi kabi" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlar tabiatga qaytish va o‘z-o‘zini izlash, shuningdek, insonning tabiatga salbiy ta’sirini aks ettirishga qaratilgan. Ko‘rgazma 7 ta tematik zalni o‘z ichiga oladi, ularda muallif chuqur falsafiy ma’noni o‘zida mujassam etgan 50 ta rangtasvir asar va 4 ta installyatsiya namoyish etilmoqda.
Ular orqali rassom tabiat, texnika va ekologiyaning o‘zaro ta’sirini ochib beradi.
“Yashirmayman, “Regeneration” loyihasidan ilhomlandim. Bu konseptual va juda chiroyli ko‘rgazma edi. Shunday so‘ng shunga o‘xshash biror bir narsaga qo‘l urishni istadim. Umid qilamanki, buning uddasidan chiqdim. Albatta, buning barini bir o‘zim qila olmasdim. Meni qo‘llab-quvvatlagan jamoam, rassom do‘stlarim bor”, — dedi rassom.
Nugmanovning o‘zi uchun ko‘rgazma chuqur ramziy ma’noga ega. Bu uzoq ijodiy tanaffusdan so‘ng "qaytish" bo‘ldi: avvalgisi 2017-yilda bo‘lib o‘tgan.
Yangi loyiha ustida ishlashga 4 oydan ko‘proq vaqt ketdi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Ko‘rgazma o‘z ishini 23-fevralgacha davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Sardor Nugmanov 1985-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tamomlagan. U O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. Nugmanov an’anaviy rangtasvir texnikasiga amal qiladi, raqamli usullardan qochadi. Rassomning asarlari Toshkent, Rossiya, Vengriya, Turkiya, Qozog‘iston, AQSh, Germaniya, Fransiya kabi davlatlardagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.