Shavkat Mirziyoyev Al-Kuvaytda qanday kutib olindi — foto
15:41 17.02.2025 (yangilandi: 15:49 17.02.2025)
Obuna bo‘lish
Matbuot xizmati: aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlat rahbarini amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti va Kuvayt amiri oliy darajada muzokara o‘tkazishadi. Sammit kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.