https://oz.sputniknews.uz/20250217/rossiya-olimlar-epilepsiya-suniy-intellekt-47987909.html
Rossiyalik olimlar epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usulini yaratishdi
Rossiyalik olimlar epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usulini yaratishdi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi.
2025-02-17T13:12+0500
2025-02-17T13:12+0500
2025-02-17T13:12+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
olimlar
tadqiqot
kasallik
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42286213_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_5234720af10679a20f2728f065899f0c.jpg.webp
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyalik olimlar epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usulini yaratishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi. Bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortapti. Bu patologiya – bosh miyaning surunkali xastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon bo‘lmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlar kelib chiqishi mumkin. Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qo‘yishning asosiy usullaridan biri. Bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor ko‘ziga yorqin nur chaqnashlari yo‘naltiriladi. Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qo‘l keladi. Xastalikning yorug‘likka sezuvchanligi bo‘lmagan turiga tashxis qo‘yishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/1f/42286213_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e5ed33b271b2a8db3dfdd3f08176efad.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaning boltiq federal universiteti n.i. pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlar elektroensefalografiya tahlili yangi usul sun’iy intellekt texnologiyasi fotosensitiv
rossiyaning boltiq federal universiteti n.i. pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlar elektroensefalografiya tahlili yangi usul sun’iy intellekt texnologiyasi fotosensitiv
Rossiyalik olimlar epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usulini yaratishdi
Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan o‘tkazdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyalik olimlar epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usulini yaratishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi. Bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.
“Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan o‘tkazdi. Ularning yarmi fotosensitiv bo‘lmagan epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar, qolgan qismi esa sog‘lom insonlar edi. Yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv bo‘lmagan turiga 71 foiz aniqlikda tashxis qo‘yish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortapti.
Bu patologiya – bosh miyaning surunkali xastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon bo‘lmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qo‘yishning asosiy usullaridan biri. Bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor ko‘ziga yorqin nur chaqnashlari yo‘naltiriladi. Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qo‘l keladi. Xastalikning yorug‘likka sezuvchanligi bo‘lmagan turiga tashxis qo‘yishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi.