O‘zbekiston Kuvaytda savdo uyi ochadi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytiradi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilari keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olishdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mish’al as-Saboh "Al-Bayan" saroyida tor doirada uchrashuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
O‘zbekiston yetakchisi Kuvaytda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan "Nigoh 2035" davlat dasturi haqida gapirar ekan, uning maqsad va vazifalari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlariga hamohang ekanligini alohida qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va moliyaviy-texnik sohalardagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlari belgilandi:
"yashil" energetika;
sanoat kooperatsiyasi;
qishloq xo‘jaligi;
transport va logistika;
infratuzilma;
shaharsozlik;
sog‘liqni saqlash;
turizm.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
“Qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida Investitsiya platformasi va Ishbilarmonlar kengashi kabi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Al-Kuvayt shahrida savdo uyini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yangi sheriklik dasturi doirasida Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan loyihalar portfelini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Kuvaytda madaniyat va turizm haftaliklarini o‘tkazish, ikki mamlakat vakillarining san’at, musiqa, kino, ta’lim va sport sohalaridagi madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa nufuzli tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Shavkat Mirziyoyev i Emir Gosudarstva Kuveyt Sheyx Mishaal as-Sabax proveli vstrechu v uzkom sostave i peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy.
“Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaror qildilar”, — deya qayd etilgan xabarda.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amirini O‘zbekistonga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0