https://oz.sputniknews.uz/20250217/masjidul-harom-ozbek-milliy-taomlar-restoran-47988996.html
Masjidul Harom hududida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Masjidul Harom hududida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani "The Clock Tower" majmuasining 3-qavatida joylashgan.
2025-02-17T12:00+0500
2025-02-17T12:00+0500
2025-02-17T12:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
makka
milliy taomlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/06/25936089_0:960:2048:2112_1920x0_80_0_0_07ec8f66d55a58f3a073465cabf71931.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Makka shahridagi Masjidul Harom hududida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Aytilishicha, mashhur "The Clock Tower" majmuasining 3-qavatida joylashgan mazkur muassasa allaqachon ziyoratchilar va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar orasida mashhur maskanga aylandi. Mazkur loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Jiddadagi bosh konsulxonasi faol ishtirok etdi. Qayd etilishicha, restoran milliy o‘zbek taomlari taklif qilish bilan birga, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishda ham muhim o‘rin tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20241014/umra-ziyorat-litsenziya-talab-shartlar-46106849.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/06/25936089_0:768:2048:2304_1920x0_80_0_0_8a2137c3816e36a23d2d6e485686fac9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
makka masjidul-harom birinchi o‘zbek milliy taomlari restoran manzil adres
makka masjidul-harom birinchi o‘zbek milliy taomlari restoran manzil adres
Masjidul Harom hududida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi
Restoran 450 nafar mehmonga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Makka shahridagi Masjidul Harom hududida birinchi o‘zbek milliy taomlari restorani ochildi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Aytilishicha, mashhur "The Clock Tower" majmuasining 3-qavatida joylashgan mazkur muassasa allaqachon ziyoratchilar va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar orasida mashhur maskanga aylandi.
Mazkur loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Jiddadagi bosh konsulxonasi faol ishtirok etdi.
“450 nafar mehmonga mo‘ljallangan restoran mijozlarga O‘zbekistonning boy gastronomik merosi bilan yaqindan tanishish va milliy o‘zbek taomlarini taklif etadi. Restoran o‘zining qulay joylashuvi, yaratilgan do‘stona muhit va yuqori darajali xizmat tufayli nafaqat o‘zbekistonlik ziyoratchilar, balki boshqa mamlakatlar vakillarining ham e’tiborini tortmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, restoran milliy o‘zbek taomlari taklif qilish bilan birga, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishda ham muhim o‘rin tutadi.
“Palov, somsa, sho‘rva, manti va boshqa milliy taomlarimizni o‘z ichiga olgan restoranning boy menyusi O‘zbekiston va butun dunyodan kelgan ziyoratchilar o‘rtasida o‘ziga xos gastronomik ko‘prikka aylanadi”, — deyilgan xabarda.