https://oz.sputniknews.uz/20250216/zulfiya-mukofot-sovrindor-shirin-abdullaeva-vafot-etdi-47980307.html
Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi
Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi, deya xabar berdi O‘zbekkonsert matbuot xizmati.
2025-02-16T09:45+0500
2025-02-16T09:45+0500
2025-02-16T09:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ta’ziya
o‘zbekkonsert
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20558976_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_6e061aee5f81954f2bf3a40f2a8baa86.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi, deya xabar berdi O‘zbekkonsert matbuot xizmati. Shirin Abdullayeva 2005-yil 14-dekabr sanasida Namangan shahrida tug‘ilgan. U Pekindagi Sinxua universiteti talabasi bo‘lgan. 2023-yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Shirin Abdullayeva 2021-yilda u "Ti – super!" Rossiya teleko‘rsatuvida ishtirok etib, yarim finalga chiqdi.Senat raisi Tanzila Narbayeva Shirin Abdullayeva vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20211021/shirin-abdullaeva-ty-super-tanlovidan-umuman-boshqa-odam-bolib-qaytdim-21016457.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/13/20558976_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_e923384c0f1a04b17f8599ecb34d4e26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zulfiya mukofoti sovrindori shirin abdullayeva o‘zbekkonsert baxodir abdullayev ba holding
zulfiya mukofoti sovrindori shirin abdullayeva o‘zbekkonsert baxodir abdullayev ba holding
Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi
09:45 16.02.2025 (yangilandi: 09:50 16.02.2025) Senat raisi Tanzila Narbayeva Shirin Abdullayeva vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Zulfiya mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafot etdi, deya xabar berdi O‘zbekkonsert
matbuot xizmati. "O‘zbekkonsert davlat muassasasi jamoasi estrada xonandasi, "Zulfiya" mukofoti sovrindori Shirin Abdullayeva vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.
Shirin Abdullayeva 2005-yil 14-dekabr sanasida Namangan shahrida tug‘ilgan. U Pekindagi Sinxua universiteti talabasi bo‘lgan. 2023-yilda san’at yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Shirin Abdullayeva 2021-yilda u "Ti – super!" Rossiya teleko‘rsatuvida ishtirok etib, yarim finalga chiqdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Shirin Abdullayeva vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
"Intiluvchan, yosh bo‘lishiga qaramay hayotda o‘z o‘rnini topgan qizimiz Shirin Abdullayevaning vafoti barchamizni chuqur qayg‘uga soldi. Endigina 19 yoshga kirgan qizimiz o‘z iqtidori, mehnati bilan ilmda, san’atda o‘zini namoyon eta olgan umidli yoshlarimizdan biri edi. Xitoyda tahsil olayotgan qizimizning kelajakda O‘zbekistonimiz rivojiga hissa qo‘shish, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash kabi yuksak orzulari bor edi. Ammo, beshafqat o‘lim uni oramizdan olib ketdi. Shirinning ota-onasi, yaqinlariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz", deb yozadi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva o‘zining
Telegram-kanalida.