Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh-Rossiya muzokaralariga Ukrainani taklif etishmadi — OAV

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii.
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2025
Obuna bo‘lish
OAV Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaraga Ukraina taklif etilmagani haqida yozmoqda.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ukraina Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AQSh-Rossiya muzokaralarida ishtirok etish uchun taklif qilinmagan. Bu haqda Fox News manbalarga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukrainlik yuqori martabali mulozim menga Ukraina tomoni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan AQSh-Rossiya muzokaralari haqida “taklif qilinmagani yoki xabardor qilinmaganini” aytdi”, — deb yozadi nashr jurnalisti X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shanba kuni Xorij OAV Amerika manbalariga tayanib, AQShning yuqori martabali amaldorlari yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina muzokarachilari bilan muzokaralarni boshlash uchun Saudiya Arabistoniga borganini xabar qilgan edi.
Aytilishicha, yaqin kunlarda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols yaqin kunlarda davlat kotibi Marko Rubio va prezident Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Biroq AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg uchrashuvda ishtirok etmaydi. Ayni damda Yevropaning yirik davlatlari vakillarini muzokaralarga qo‘shilishga taklif qilish rejalashtirilmagan, deydi manbalar.
Vitse-prezident Dj. D. Vens - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2025
Ukraina bo‘yicha kelishuv ko‘pchilikni hayratda qoldiradi — Vens
Yangiliklar lentasi
0