Shahrisabz va Istanbulning Pendik shahri o‘zaro birodar shaharlarga aylandi

© Xokimiyat goroda ShaxrisabzaVizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2025
Obuna bo‘lish
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev hamda Pendik shahar meri Ahmet Chin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda protokol imzolandi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Istanbulning Pendik shahri o‘zaro birodar shaharlarga aylandi. Bu haqda Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkiyada bo‘lib turgan Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev hamda Pendik shahar meri Ahmet Chin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda protokol imzolandi.
© Xokimiyat goroda ShaxrisabzaVizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2025
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi hokimlar malaka oshirish dasturi doirasida tajriba almashish, shaharlarni rejalashtirish hamda boshqaruvning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Turkiyada bo‘lib turibdi.
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, shuningdek, Turkiyaning Gebze shahrida shahar hokimi Zinnur Buyukgo‘z bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasidagi ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
© Xokimiyat goroda ShaxrisabzaVizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2025
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Ikki shahar o‘rtasida savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish, sanoat sohasidagi hamkorlik va iqtisodiy rivojlanishning yangi imkoniyatlari, ijtimoiy va madaniy sohalarda o‘zaro tajriba almashish, shu jumladan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Gebze shahri, shuningdek, turizm va infratuzilma sohalarida ham rivojlangan shahar hisoblanadi. Uchrashuvda bu yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Investitsiyalarni jalb qilish va yangi texnologiyalarni o‘rganish masalalari ahamiyatli o‘rinda turdi.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro tajriba almashish va yangi metodologiyalarni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratilishi kelishib olindi. Gebze shahrining ilg‘or infratuzilma va shahar rejalashtirish tajribalari O‘zbekistonda, xususan, Shahrisabz shahrida qo‘llanilishi mumkin. Zamonaviy qurilish uslublari, transport infratuzilmasi va energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
© Xokimiyat goroda ShaxrisabzaVizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2025
Vizit xokima Shaxrisabza v Tursiyu
Ta’kidlanishicha, ushbu uchrashuvlar ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va birgalikda rivojlanish uchun qulay imkoniyatlar, Shahrisabz shahar va Gebze shaharlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Erdogan prinyal glav MID, MIPT i Mintransa Uzbekistana v Ankare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
Turkiya prezidenti O‘zbekistonning uch vazirini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0