https://oz.sputniknews.uz/20250214/aqsh-aholisi-dunyodagi-eng-kasal-aholi-robert-kennedi-47961046.html
AQSh aholisi dunyodagi eng kasal aholi — Robert Kennedi
AQSh aholisi dunyodagi eng kasal aholi — Robert Kennedi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning yangi sog‘liqni saqlash vaziri "Amerikani yana sog‘lom qilishni va’da berdi". 14.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-14T13:45+0500
2025-02-14T13:45+0500
2025-02-14T13:45+0500
aqsh
sog‘liq
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sog‘liqni saqlash vaziri
donald tramp
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0e/47960877_0:0:3332:1875_1920x0_80_0_0_ce82a65e5d1adfe7b673145808d4522b.jpg
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQShning yangi sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari kotibi kichik Robert Kennedi Amerika aholisini dunyodagi eng kasal deb atadi.“Biz dunyo farmatsevtika mahsulotlarining 70 foizini sotib olamiz. Biz sog‘liqni saqlashga boshqa mamlakatlarga qaraganda ikki-uch baravar ko‘p mablag‘ sarflaymiz, lekin bizning sog‘liq ko‘rsatkichlarimiz eng yomon. Bizda dunyodagi eng kasal aholi yashaydi", - dedi u 13-fevral kuni "Fox News" telekanalida.Kichik Kennedining fikricha, AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi siyosatini tubdan o‘zgartirishgina vaziyatni to‘g‘rilashi mumkin.Kichik Kennedi 13-fevral kuni Oval kabinetda AQSh sog‘liqni saqlash vaziri sifatida qasamod qabul qildi. Donald Tramp uning “bolalar salomatligi, so‘z erkinligi, demokratiya va tinchlikning ashaddiy himoyachisi” ekanligiga ishontirdi. “Amerikani yana sog‘lom qilamiz”, dedi Kennedi.“Commonwealth Fund”ning 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, AQSh sog‘liqni saqlash tizimi uchun YaIMning 18 foizi sarflanishiga qaramasdan (bu dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich), rivojlangan 10 ta davlat orasida oxirgi o‘rinni egalladi. Tadqiqotda turli parametrlar baholandi, jumladan, tibbiy xizmatdan foydalanish, tibbiy xizmat sifati, ma’muriy jarayonlarning samaradorligi, resurslarni taqsimlashning adolatliligi va davolash natijalari. Reyting yetakchilari Avstraliya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0e/47960877_338:0:3069:2048_1920x0_80_0_0_8b187475eef8a3d9cf9f27253396e3aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, sog‘liq, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liqni saqlash vaziri, donald tramp, dunyoda, dunyo yangiliklari
aqsh, sog‘liq, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liqni saqlash vaziri, donald tramp, dunyoda, dunyo yangiliklari
AQSh aholisi dunyodagi eng kasal aholi — Robert Kennedi
AQShning yangi sog‘liqni saqlash vaziri "Amerikani yana sog‘lom qilishni va’da berdi".
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQShning yangi sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari kotibi kichik Robert Kennedi Amerika aholisini dunyodagi eng kasal deb atadi.
“Biz dunyo farmatsevtika mahsulotlarining 70 foizini sotib olamiz. Biz sog‘liqni saqlashga boshqa mamlakatlarga qaraganda ikki-uch baravar ko‘p mablag‘ sarflaymiz, lekin bizning sog‘liq ko‘rsatkichlarimiz eng yomon. Bizda dunyodagi eng kasal aholi yashaydi", - dedi u 13-fevral kuni "Fox News" telekanalida.
Kichik Kennedining fikricha, AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi siyosatini tubdan o‘zgartirishgina vaziyatni to‘g‘rilashi mumkin.
"Biz — "men buzg‘unchi bo‘laman, endi oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatiga sog‘liqni saqlash siyosatini belgilashiga yo‘l qo‘ymayman deb ayta oladigan odamga muhtojmiz." Biz sog‘liqni saqlash siyosatini haqiqatan ham aholi salomatligi haqida qayg‘uradigan odamlar qo‘liga topshiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Kichik Kennedi 13-fevral kuni Oval kabinetda AQSh sog‘liqni saqlash vaziri sifatida qasamod qabul qildi. Donald Tramp uning “bolalar salomatligi, so‘z erkinligi, demokratiya va tinchlikning ashaddiy himoyachisi” ekanligiga ishontirdi. “Amerikani yana sog‘lom qilamiz”, dedi Kennedi.
“Commonwealth Fund”ning 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, AQSh sog‘liqni saqlash tizimi uchun YaIMning 18 foizi sarflanishiga qaramasdan (bu dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich), rivojlangan 10 ta davlat orasida oxirgi o‘rinni egalladi. Tadqiqotda turli parametrlar baholandi, jumladan, tibbiy xizmatdan foydalanish, tibbiy xizmat sifati, ma’muriy jarayonlarning samaradorligi, resurslarni taqsimlashning adolatliligi va davolash natijalari. Reyting yetakchilari Avstraliya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya bo‘ldi.