Vladivostokdagi xokkey o‘yinida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVidi Vladivostoka i buxti Zolotoy Rog s pilona vantovogo mosta/
Vidi Vladivostoka i buxti Zolotoy Rog s pilona vantovogo mosta/ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi “Fetisov Arena”da palov tayyorlaydi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan xokkey o‘yinida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etiladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Bugun Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Rossiyaning Vladivostok shahrida “Admiral” va “Avtomobilist” xokkey jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda muxlislarga O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analari bilan tanishish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi.
“Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida mehmonlar Sharq mehmondo‘stligining betakror muhitiga sho‘ng‘ishlari mumkin bo‘ladi. “Fetisov Arena”ga kirishda haqiqiy oshxona tashkil etiladi, u yerda har bir kishi O‘zbekistonning milliy taomi - palovning tayyorlanish jarayonini guvohi bo‘lishi va, albatta, uni tatib ko‘rishi mumkin bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.
Aytilishicha, delegatsiya mamlakat madaniyati va an’analarini yaxshiroq tushunish imkonini beruvchi ko‘plab tadbirlarni tayyorladi.
“Axborot stendlari O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar esdalik sovg‘alarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, barcha xohlovchilar omadni sinab ko‘rishlari va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishlari mumkin”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, loyiha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va turizmni rivojlantirishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0