Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina, Yaqin Sharq va uchrashuv — Putin va Tramp nimalar haqida gaplashdi?

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa
Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2025
Obuna bo‘lish
Putin va Tramp deyarli bir yarim soat davomida suhbatlashdi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Kreml.
Qayd etilishicha, 12-fevral kuni Putin va Tramp deyarli bir yarim soat davomida suhbatlashdi. Yetakchilar Rossiya va AQSh fuqarolarini almashish, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish masalalarini muhokama qilgan. Prezidentlar boshqa mavzularga ham to‘xtalib o‘tishdi: Yaqin Sharqdagi kelishuv, Eron yadro dasturi, iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama Rossiya-Amerika munosabatlari.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Amerika davlati rahbarining hamkorlik qilish vaqti kelgani haqidagi asosiy tezislaridan birini qo‘llab-quvvatladi.
“Rossiya prezidenti AQSh prezidentini Moskvaga tashrif buyurishni taklif qildi va amerikalik rasmiylarni Rossiyada tomonlarni qiziqtirgan sohalar, jumladan, Ukraina muammosi bo‘yicha qabul qilishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Vladimir Putin va Donald Tramp shaxsiy aloqalarni davom ettirish, jumladan, shaxsiy uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olishdi.
“Ukrainadagi kelishuv mavzusi ham muhokama qilindi. Donald Tramp jangovar harakatlarni tezroq tugatish va muammoni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini aytdi. Vladimir Putin, o‘z navbatida, mojaroning asl sabablarini bartaraf etish zarurligini eslatib o‘tdi va Donald Tramp bilan tinch muzokaralar orqali uzoq muddatli kelishuvga erishish mumkinligi haqidagi fikrga qo‘shildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
AQSh prezidenti o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “biz Rossiya/Ukraina bilan urushda millionlab o‘limlarni to‘xtatmoqchimiz”, deb yozdi.
Uning qayd etishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uzoq va samarali telefon suhbati chog‘ida nafaqat dolzarb masalalar muhokama qilingan, balki ikki davlatning Ikkinchi jahon urushi davridagi birgalikdagi kurash tarixi esga olingan.
“Ikkalamiz ham mamlakatlarimizning buyuk tarixi va Ikkinchi jahon urushida qanday qilib birgalikda muvaffaqiyatli kurashganimiz haqida esladik, Rossiya o‘n millionlab odamlarini yo‘qotganini, biz esa, o‘z navbatida, juda katta yo‘qotishlarga uchraganimizni esladik”, — deb yozdi Tramp.
Unga ko‘ra, yetakchilar Ukraina, Yaqin Sharq, energetika, sun’iy intellekt, dollarning ta’siri va boshqa mavzularni ham muhokama qilishgan. Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, ammo AQSh sarflagan mablag‘lar bo‘yicha majburiyatlarni olishni istashini aytdi.
“Men Ukrainani qo‘llab-quvvatlayman, lekin pullarimiz bo‘yicha majburiyatlarni olishni istayman”, — dedi Tramp Oq uyda.
Trampning aytishicha, uni Ukrainadagi mojaroga barham berish va odamlarning qurbon bo‘lishini to‘xtatishdan boshqa hech narsa tashvishlantirmaydi.
AQSh prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokisiz Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishda hech qanday tahdid ko‘rmayotganini aytdi. Tramp, shuningdek, Ukrainada bir kun prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, AQSh yetakchisi Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning AQShga tashrif buyurishini va Rossiyaga javob tashrifini amalga oshirishini kutayotganini aytdi. Shu bilan birga, u jurnalistlarga Ukrainaga tashrif buyurish haqida hech qanday va’da bermaganini ta’kidladi.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy Ukraina mag‘lub bo‘layotganini tushunadi — Qrim deputati
Yangiliklar lentasi
0