https://oz.sputniknews.uz/20250213/rossiya-universitet-toshkent-filial-adaptiv-sport-fakultet-47953377.html
O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-02-13T18:00+0500
2025-02-13T18:00+0500
2025-02-13T18:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ta’lim
universitet
sport
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0d/47953579_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_98dd28d195772a23c4d5e03c17bfaac4.jpg
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi universitet matbuot xizmati.Hamkorlik hujjati universitet rektori Sergey Tarasov va agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘rtasida imzolandi. Hujjat sport, ta’lim, ilmiy va yoshlarga oid loyihalarni amalga oshirishda sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan.Universitetning Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar qatoriga quyidagilar kiradi:Bundan tashqari, filial negizida Korretsion pedagogika markazini tashkil etish va adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ochish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish taklif etilmoqda.O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, bugun davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochiladi.Ma’lumot uchun, adaptiv sport - nogironlar (ayniqsa, iqtidorli yoshlar)da yuqori mahoratini rivojlantirishga va sog‘lig‘ida o‘xshash muammolari bo‘lgan odamlar bilan musobaqalarda turli sport turlari bo‘yicha eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan sport turi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0d/47953579_79:0:1216:853_1920x0_80_0_0_2d9fce946110d5d7c5296abca17ffb34.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti ijtimoiy himoya milliy agentligi memorandumi adaptiv sport a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti ijtimoiy himoya milliy agentligi memorandumi adaptiv sport
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti ijtimoiy himoya milliy agentligi memorandumi adaptiv sport a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti ijtimoiy himoya milliy agentligi memorandumi adaptiv sport
O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish bo‘yicha metodika va standartlar ishlab chiqadi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi universitet
matbuot xizmati. Hamkorlik hujjati universitet rektori Sergey Tarasov va agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva o‘rtasida imzolandi.
Hujjat sport, ta’lim, ilmiy va yoshlarga oid loyihalarni amalga oshirishda sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan.
"Memorandum doirasida inklyuziv ta’lim va adaptiv sport yo‘nalishida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, xodimlar bilan o‘zaro tajriba almashish, talabalarni maxsus dasturlarga jalb etish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish va amaliyot o‘tashlarini tashkil etishda ko‘maklashish rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.
Universitetning Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar qatoriga quyidagilar kiradi:
talaba-maxsus ta’lim o‘qituvchilarining O‘zbekiston Ijtimoiy himoya agentligi tizimidagi muassasalarida amaliyot o‘tashlarini tashkil etish
Agentlik xodimlarining malakasini oshirish kurslarini ishlab chiqish, filial bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish.
Bundan tashqari, filial negizida Korretsion pedagogika markazini tashkil etish va adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ochish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, bugun davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochiladi.
“Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan yoshlarni sport bilan qamrab olish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodika va standartlarni ishlab chiqadi. Universitetning Toshkentdagi filialida adaptiv sport bo‘yicha alohida fakultet ochiladi”, —
deyiladi xabarda.Ma’lumot uchun, adaptiv sport - nogironlar (ayniqsa, iqtidorli yoshlar)da yuqori mahoratini rivojlantirishga va sog‘lig‘ida o‘xshash muammolari bo‘lgan odamlar bilan musobaqalarda turli sport turlari bo‘yicha eng yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan sport turi.