Shahnoza Mirziyoyeva Rossiya davlat pedagogika universiteti magistri unvonini oldi

© Shahnoza MirziyoyevaV filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi
V filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
Obuna bo‘lish
Gersen nomidagi universitetining Toshkentdagi filialida ilk magistratura diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filialida magistraturaning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirdi, ular orasida Shahnoza Mirziyoyeva ham bor. Bu haqda universitet rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Gersen nomidagi universitetining Toshkentdagi filialida ilk magistratura diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Diplomlar 40 nafar bitiruvchiga topshirildi, ular orasida Shahnoza Mirziyoyeva ham bor.
© RGPU im. A. I. GersenaV filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi
V filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
V filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi

“Bugun — hayotimdagi muhim bosqichlardan birining yakunlangan kun! Men yana bir bor magistr unvoniga ega bo‘ldim! His-tuyg‘ularim birinchi marta olgandagidek yorqin va jo‘shqin. Ko‘p yillik mehnat ortda qoldi, endilikda esa oldinda yangi imkoniyatlar va istiqbollar kutib turibdi. Ushbu yo‘lda menga doim dalda bergan oilamga, ustozlarimga, hamkasblarim va do‘stlarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozadi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qayd etilishicha, magistrlar "Psixologik-pedagogik ta’lim" yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni yakunlashdi, ular doirasida ikkita ta’lim dasturi amalga oshirildi: 25 nafar talaba “Ta’limda shaxs rivojlanishiga psixologik yordam” va “Oila va bolani ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar talaba tahsil oldi.
Bitiruvchilar nomidan pedagogika fanlari nomzodi, huquq va jahon iqtisodiyoti magistri Shahnoza Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
© RGPU im. A. I. GersenaV filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi
V filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
V filiale RGPU im. A. I. Gersena v Uzbekistane vruchili diplomi pervim vipusknikam magistraturi
“Inson kapitali va ta’lim prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarining boshidanoq diqqat markazida bo‘ldi. Ularning rivojlanishi O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotining asosiy shartidir. Ishonchim komilki, 2020-yilda biz birgalikda ochgan Toshkentdagi Gersen nomidagi universitet filiali bundan buyon ham eng muhim maqsad – yurtimiz xalqi ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shadi”, — dedi Mirziyoyeva.
Xabarda aytilishicha, magistrlarning birinchi bitiruvi tufayli O‘zbekiston ta’lim sohasi pedagogika fanini rivojlantirish, ta’lim muassasalarida zamonaviy ish uslublarini joriy etish, shaxs va oila taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirildi.
Shahnoza Mirziyoyeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Shahnoza Mirziyoyeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi
Yangiliklar lentasi
0