O‘zbekiston va Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashishda tajriba almashadi
11:00 12.02.2025 (yangilandi: 12:39 12.02.2025)
© Karakalpakskom informatsionnom agentstve (KKIA)Flagi Rossii i Uzbekistana

© Karakalpakskom informatsionnom agentstve (KKIA)
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Rossiyada bo‘ldi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti ma’muriyatida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda ma’lum qilindi, deya xabar berilgan Kreml saytida.
Rossiya prezidenti administratsiyasining Davlat xizmati, kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha rahbari Maksim Travnikov va O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, ishtirokchilar Rossiya va O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashning joriy xalqaro kun tartibi va tajriba almashishning istiqbolli yo‘nalishlari kabi masalalarni muhokama qilishdi.
"Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar", — deyiladi xabarda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov taklifiga binoan Moskvada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikki idora rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki UzbekistanRossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.

Rossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki Uzbekistan
"Konstruktiv muloqot davomida O‘zbekiston va Rossiyada korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish amaliyoti xususida axborot almashilib, sohada hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro darajada korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqni qo‘llash amaliyotida raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi agentlik xabarida.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki UzbekistanRossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.

Rossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki Uzbekistan
Qayd etilishicha, uchrashuv yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
"Ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida tajriba almashinuvini faollashtirishga qaratilgan mazkur hujjat hamkorlikning qator yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan", — deyilgan xabarda.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki UzbekistanRossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.

Rossiya i Uzbekistan zainteresovani v dalneyshem razvitii sotrudnichestva v sfere protivodeystviya korrupsii.
© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki Uzbekistan
Yo‘nalishlar:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, shu jumladan, milliy qonunchilikni takomillashtirish borasida o‘zaro tajriba, axborot va hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
vakolatli idoralar vakillarining o‘zaro tashriflari va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish;
yoshlarni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda tarbiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shu jumladan, “Korrupsiyaga qarshi birgalikda!” yoshlarning korrupsiyaga qarshi ijtimoiy reklama xalqaro tanlovi doirasida hamkorlik qilish;
davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash va baholash borasida hamkorlik qilish.
Ikki idora rahbarlari tomonidan mazkur hamkorlik korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda har ikki mamlakatning huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.