O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 9 oyda 17 foizga kamaydi — Markaziy bank

© SputnikDirektor Departamenta valyutnogo regulirovaniya i platojnogo balansa SB Otabek Tojiddinov.
Direktor Departamenta valyutnogo regulirovaniya i platojnogo balansa SB Otabek Tojiddinov.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Markaziy bank: O‘zbek so‘mining real samarali ayirboshlash kursi 2024-yilda 5,9 foizga mustahkamlandi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 9 oyda 17 foizga kamaydi. Bu haqda Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti rahbari Otabek Tojiddinov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"2024 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonning joriy hisob defitsiti 2023-yilning shu davriga nisbatan 17% ga qisqarib, $3,4 mlrd yoki YaIMning 4,3% ni tashkil etdi", — dedi Otabek Tojiddinov.

Uning ta’kidlashicha, bunga mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalarining sezilarli darajada oshgani va 2023-yilga nisbatan salbiy savdo balansi o‘sishining sekinlashishi sabab bo‘lgan.
2024 yilning 9 oyida O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2023-yilning shu davriga nisbatan 7 foizga oshib, qariyb 1,9 milliard dollarni tashkil etdi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakatning xalqaro investitsiya pozitsiyasi yil boshiga nisbatan 29 foizga mustahkamlanib, 16,3 milliard dollarni tashkil etdi.
“Oltinning jahon narxlarining jadal o‘sishi tufayli xalqaro zaxiralar balansi 2025-yil boshiga nisbatan qariyb 1,7 milliard dollarga oshib, 1-fevral holatiga ko‘ra 42,9 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi Markaziy bankning Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti direktori Sanjar Valiyev.
O‘zbek so‘mining real samarali ayirboshlash kursi 2024-yilda 5,9 foizga mustahkamlandi. Bunga asosiy savdo hamkorlari valyutalarining yil yakunida qadrsizlanishi va ularga nisbatan yuqori ichki inflyatsiya sabab bo‘ldi. 2025-yilning ikkinchi yarmida ichki inflyatsiyaning pasayishi bilan O‘zbek so‘mining real samarali ayirboshlash kursidagi o‘zgarish o‘rta muddatli tendensiyaga qaytishi kutilmoqda.
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Yangiliklar lentasi
0