https://oz.sputniknews.uz/20250211/ozbekiston-qozogiston-savdo-sanoat-rejalar-47924062.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha yangi rejalarga kelishib oldi
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha yangi rejalarga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Laziz Kudratov O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
2025-02-11T13:18+0500
2025-02-11T13:18+0500
2025-02-11T16:49+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
savdo
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0b/47919812_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_74f403d8d3870f477c267f5ce18c5754.jpg.webp
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha yangi rejalarga kelishib oldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Kuantirov hamda Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kayrat Torebayev bilan uchrashdi. Unda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov va "NK "KAZAKH INVEST" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Madiyar Sultanbek ham ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar konstruktiv fikr almashib, yaqin istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyo sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish dasturini muvofiqlashtirish jarayoni ko‘rib chiqildi. Aytilishicha, tomonlar muhokama qilingan masalalarni qisqa muddatlarda amaliyotga tatbiq etishga tayyor. Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, O‘zbekistondagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalarini ko‘zdan kechirdi. Korxonalar ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish uchun yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0b/47919812_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1bc8615c0bf7db7cafa434a9f672a0e1.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
laziz kudratov qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari alibek kuantirov savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari kayrat torebayev qozog‘istonning o‘zbekistondagi elchisi beybut atamkulov "nk "kazakh invest" aj boshqaruvi raisi o‘rinbosari madiyar sultanbek
laziz kudratov qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari alibek kuantirov savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari kayrat torebayev qozog‘istonning o‘zbekistondagi elchisi beybut atamkulov "nk "kazakh invest" aj boshqaruvi raisi o‘rinbosari madiyar sultanbek
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha yangi rejalarga kelishib oldi
13:18 11.02.2025 (yangilandi: 16:49 11.02.2025) Laziz Kudratov O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha yangi rejalarga kelishib oldi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
ma’lum qilindi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Kuantirov hamda Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kayrat Torebayev bilan uchrashdi. Unda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov va "NK "KAZAKH INVEST" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Madiyar Sultanbek ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar konstruktiv fikr almashib, yaqin istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab oldi.
“O‘zaro savdoda cheklovlarni bekor qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun kvotalar ajratish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashning elektron tizimlaridan foydalanish, nazorat-o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish borasida kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Markaziy Osiyo sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish dasturini muvofiqlashtirish jarayoni ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, tomonlar muhokama qilingan masalalarni qisqa muddatlarda amaliyotga tatbiq etishga tayyor.
Qozog‘iston delegatsiyasi, shuningdek, O‘zbekistondagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalarini ko‘zdan kechirdi. Korxonalar ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish uchun yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.