https://oz.sputniknews.uz/20250211/ozbekiston-kichik-aes-xalqaro-konsortsium-47927780.html
O‘zbekiston kichik AESni qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi — O‘zatom
O‘zbekiston kichik AESni qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi — O‘zatom
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zatom": loyihada nafaqat Rossiya texnologiyalari, balki Xitoyning yadroviy bo‘lmagan texnologiyalari, Yevropaning turli dasturiy va apparat tizimlari ham... 11.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-11T15:14+0500
2025-02-11T15:14+0500
2025-02-11T15:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
atom energetikasi
aes
rosatom
azim ahmadxo‘jayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1a/44053237_0:322:2409:1677_1920x0_80_0_0_466a9ba1a4ae6eb10579a876c8fc723b.jpg
TOShKENT, 11 fev— Sputnik. O‘zbekiston kichik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi ("O‘zatom") direktori Azim Axmedxadjayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan atom energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishdan keyin atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihaning borishi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida Toshkentda atom energetikasi tarixida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi imzolangan edi. Loyiha Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt bo‘lgan atom elektr stansiyasi – har biri 55 MVt quvvatga ega oltita RITM-200N reaktorini qurishni nazarda tutadi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi vazifasini bajaradi, unga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi. Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan. O‘tgan yilning sentabr oyida “O‘zatom” va “Atomstroeksport” (“Rosatom”ning muhandislik bo‘limi) kelajakdagi stansiya qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida protokol imzolagan edi. 2026-yil boshida “O‘zatom” stansiya qurish uchun ruxsat olishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241017/aesning-qurilishi-ozbekistonda-yangi-tipdagi-iqtisodiyotni-rivojlantirishga-yordam-beradi-46167053.html
o‘zbekiston
azim ahmadxo‘jayev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1a/44053237_0:255:2390:2047_1920x0_80_0_0_2d916824c9f88c5cc6e9d84a5af65c89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, atom energetikasi, aes, rosatom, azim ahmadxo‘jayev
iqtisod, o‘zbekiston, atom energetikasi, aes, rosatom, azim ahmadxo‘jayev
O‘zbekiston kichik AESni qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi — O‘zatom
"O‘zatom": loyihada nafaqat Rossiya texnologiyalari, balki Xitoyning yadroviy bo‘lmagan texnologiyalari, Yevropaning turli dasturiy va apparat tizimlari ham qo‘llaniladi.
TOShKENT, 11 fev— Sputnik. O‘zbekiston kichik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi ("O‘zatom") direktori Azim Axmedxadjayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan atom energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishdan keyin atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyihaning borishi haqida fikr bildirdi.
“Ushbu loyihada nafaqat Rossiya texnologiyalari, balki Xitoyning yadroviy bo‘lmagan texnologiyalari, Yevropaning turli dasturiy va apparat tizimlari ham qo‘llaniladi. Shu tariqa biz xalqaro konsorsium tuzamiz, bu bizga ushbu loyihani imkon qadar samarali va eng yaxshi texnologiyalar bilan amalga oshirish imkonini beradi”, — dedi Axmedxadjayev.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil may oyida Toshkentda atom energetikasi tarixida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi eksport shartnomasi imzolangan edi. Loyiha Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha quvvati 330 MVt bo‘lgan atom elektr stansiyasi – har biri 55 MVt quvvatga ega oltita RITM-200N reaktorini qurishni nazarda tutadi.
Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi vazifasini bajaradi, unga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi. Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan va uning xavfsizligi tasdiqlangan.
O‘tgan yilning sentabr oyida “O‘zatom” va “Atomstroeksport” (“Rosatom”ning muhandislik bo‘limi) kelajakdagi stansiya qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida protokol imzolagan edi. 2026-yil boshida “O‘zatom” stansiya qurish uchun ruxsat olishni rejalashtirmoqda.