https://oz.sputniknews.uz/20250210/zelenskiy-moskva-muzokaralar-aqsh-kafolat-47909954.html
Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarda AQShdan kafolat kutmoqda
Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarda AQShdan kafolat kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy: Kiyev AQShdan xavfsizlik kafolati bilan Moskva bilan muzokaralarga tayyor.
2025-02-10T14:03+0500
2025-02-10T14:03+0500
2025-02-10T14:03+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
aqsh
rossiya
vladimir zelenskiy
yevropa
donald tramp
vladimir putin
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45176191_0:146:3121:1902_1920x0_80_0_0_bd9806542b18b0d1a521b668f5b5192b.jpg.webp
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainaga AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi sharti bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti Britaniya telekanaliga tayanib. Shuningdek, suhbat chog‘ida Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga 2025-yilda barham berish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga ishontirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp mojaroning tezroq tugatilishini istaydi va uni Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Rossiyaga bosimni, birinchi navbatda, sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Zelenskiy Ukraina armiyasini NATO uchun “bonus” deb atadiRossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq murosali yechim topish istagi paydo bo‘lsa, Ukraina bo‘yicha muzokaralar istalgan odam bilan olib borilishi mumkinligini aytib, Zelenskiy o‘zining noqonuniyligi tufayli hech narsaga imzo chekishga haqqi yo‘qligini ta’kidlagan edi. Putinning eslatishicha, Kiyev avvalroq Zelenskiy imzolagan muzokaralarni taqiqlovchi farmonni bekor qilish yo‘lini topishi kerak – buni, masalan, Oliy Rada raisi amalga oshirishi mumkin. Agar Zelenskiyning o‘zi muzokaralarda qatnashmoqchi bo‘lsa, Rossiya prezidenti buning uchun maxsus odamlar ajratishga tayyorligini bildirdi."Tramp bilan gaplashganimizdan so‘ng" — Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni boshlamoqchi
https://oz.sputniknews.uz/20250129/ukrainadagi-mojaro-ikki-oy-ichida-tugashi-mumkin--putin-47738875.html
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45176191_196:0:2927:2048_1920x0_80_0_0_2d63d2c384fccb749885ac29ead7432c.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy kiyev aqsh xavfsizlik kafolati moskva muzokaralar
vladimir zelenskiy kiyev aqsh xavfsizlik kafolati moskva muzokaralar
Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarda AQShdan kafolat kutmoqda
Vladimir Zelenskiy: Kiyev AQShdan xavfsizlik kafolati bilan Moskva bilan muzokaralarga tayyor.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainaga AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan xavfsizlik kafolatlari berilishi sharti bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi, deb yozmoqda
RIA Novosti Britaniya telekanaliga tayanib.
"Ha, agar menda Amerika va Yevropa bizni tashlab ketmasligi, bizni qo‘llab-quvvatlashi va xavfsizlik kafolatlarini berishi bo‘yicha tushuncha bo‘lsa, men muzokaralarning har qanday shakliga tayyorman", — dedi Zelenskiy Britaniyaning ITV News telekanaliga bergan intervyusida Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligi haqidagi savolga javob berayotib.
Shuningdek, suhbat chog‘ida Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga 2025-yilda barham berish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga ishontirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp mojaroning tezroq tugatilishini istaydi va uni Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Rossiyaga bosimni, birinchi navbatda, sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq murosali yechim topish istagi paydo bo‘lsa, Ukraina bo‘yicha muzokaralar istalgan odam bilan olib borilishi mumkinligini aytib, Zelenskiy o‘zining noqonuniyligi tufayli hech narsaga imzo chekishga haqqi yo‘qligini ta’kidlagan edi. Putinning eslatishicha, Kiyev avvalroq Zelenskiy imzolagan muzokaralarni taqiqlovchi farmonni bekor qilish yo‘lini topishi kerak – buni, masalan, Oliy Rada raisi amalga oshirishi mumkin. Agar Zelenskiyning o‘zi muzokaralarda qatnashmoqchi bo‘lsa, Rossiya prezidenti buning uchun maxsus odamlar ajratishga tayyorligini bildirdi.