Xarbin-2025: o‘zbekistonlik sportchilar qanday natijalarga erishishdi?

© NOKZimnie Aziatskie igri
Zimnie Aziatskie igri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2025
Obuna bo‘lish
Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik ayrim sportchilar Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarida o‘z ishtirokini yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, konkida yugurish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Danila Semerikov 5000 metr masofaga kechgan bahsda startga chiqdi. U 6:39.71 daqiqa qayd etib, musobaqani oltinchi pog‘onada yakunladi.
Shuningdek, tog‘ chang‘isi bellashuvlari ham nihoyasiga yetdi. Erkaklar o‘rtasida kechgan slalam dasturida Arman Gayupov 6, Nikita Gorkovskiy 14-natijani qayd etdi. Medet Nazarov esa bahs davomida belgilangan yo‘nalishdan chiqib, ishtirokini tugata olmadi.
Qishki Osiyo o‘yinlari doirasida chang‘i alpinizmi bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar ham startga chiqishdi. Ular bahslarda shohsupaga ko‘tarila olishmadi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0