Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Dnepr qirg‘og‘ida Ukraina razvedka guruhini yo‘q qildi

© RIA NovostiRossiyskie voyennie v zone spetsoperatsii.
Rossiyskie voyennie v zone spetsoperatsii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlarining uch kishidan iborat razvedka guruhi Dneprdagi orollardan biriga qo‘nishga urinish chog‘ida yo‘q qilindi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Rossiya harbiylari Dneprdagi orollardan birining qirg‘og‘ida Ukraina razvedka guruhini yo‘q qildi, deb xabar berdi Rossiya huquq-tartibot idorasi RIA Novosti agentligiga.
“Ukraina Qurolli kuchlarining uch kishidan iborat razvedka guruhi Dneprdagi orollardan biriga qo‘nishga urinish chog‘ida yo‘q qilindi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
O‘tgan yilning oktabr oyida Xerson viloyati gubernatori Vladimir Saldo RIA Novostiga Rossiya bo‘linmalari Dnepr deltasidagi barcha orollarni nazorat qilishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangarilar muntazam ravishda daroni kesib o‘tib, orollarda mustahkam o‘rnashib olishga harakat qiladilar, biroq bu urinishlarning barchasi barbod bo‘ladi.
Xerson viloyati Dneprning quyi oqimida joylashgan bo‘lib, Azov va Qora dengizlar tomonidan yuviladi. 2022-yil sentabr oyida o‘tkazilgan referendumda ishtirokchilarning 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berganidan keyin u Rossiya hududiga aylandi.
Kiyev rejimi buning qonuniyligini tan olmaydi va hududni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Hozir Rossiya armiyasi Xerson viloyatining 75 foizini nazorat qilmoqda, Ukraina Qurolli kuchlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ini, shu jumladan Xerson shahrini ushlab turibdi.
Ukrainskie soldati na pozitsii nedaleko ot Artyomovska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Jang maydonini ruxsatsiz tark etayotgan Ukraina harbiylari soni ortmoqda — OAV
Yangiliklar lentasi
0