Xizmatlar sohasi ildam rivojlanmoqda, lekin hamma joyda bir xil emas

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy
Predstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Obuna bo‘lish
2025 yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib 82 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Xizmatlar sohasi ildam rivojlanmoqda, lekin hamma joyda bir xil emas. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar ulushi 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollargacha oshdi, 3,5 barobar o‘sish kuzatildi. 1,5 million aholi ushbu sohada doimiy daromadga ega bo‘lgan. Eng katta o‘sish IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, ta’lim va tibbiyot sohalarida kuzatilgan.
Shu bilan birga, barcha viloyat, tuman va shaharlarda xizmatlar sohasi aholi soni va ehtiyojiga mos ravishda rivojlanmagani ham aytib o‘tildi.
Misol uchun, Nukus tumanida o‘tgan yili 363 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 22 foizga o‘sgan. Lekin aholisi undan 2 baravar ko‘p bo‘lgan Guliston tumanida xizmatlar hajmi Nukus tumanidan 30 milliard so‘mga kam.
Yoki, Namangan shahrida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar 13 million so‘mga ham yetmasligi (Jizzax shahrida – 33 million so‘m) haliyam “xufiyona iqtisodiyot” yuqoriligidan dalolat beradi.
Nishon, Yangiqo‘rg‘on, Narpayda IT xizmatlari ancha orqadaligi, Samarqand va Yangiyer shahri, Mirzaobod, Mirzacho‘lda moliyaviy xizmatlar hajmi pasaygani, Qarshi shahri, Jomboy, Urgut, Urganch, Uchtepa tumanlarida savdo o‘smayotgani, Farg‘onaning 7 ta tumanida tibbiy xizmatlar hajmi qisqargani tanqid qilindi.
Hamma vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha har kuni izlanishda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
2025 yilda xizmatlar hajmini 82 milliard dollarga (+15%), eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish maqsad qilingani aytib o‘tildi.
Yangiliklar lentasi
0