Mirziyoyev kimyo sanoatidagi rejalarni tanqidiy ko‘rib chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari mutasaddilarga hali ishlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib o‘tdi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatidagi rejalarni tanqidiy ko‘rib chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev 6-fevral kuni kimyo sanoatida 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yillarda bu tarmoqda sezilarli o‘zgarish bo‘lgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratish uchun investitsiyalarga keng yo‘l ochilgani bilan, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god.
Shu bois tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davlat rahbari mutasaddilarga hali ishlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirib, kimyo korxonalarida qo‘shilgan qiymatni hozirgidan bir necha barobar oshirish.
Prezident bu boradagi kamchiliklarni qayd etib, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi. Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu planov ximicheskoy promishlennosti na 2025 god.
Tarmoqdagi har bir korxonani raqamlashtirish, quvvatlardan oqilona foydalanish, energiya samaradorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Prezident oznakomilsya s deyatelnostyu sovmestnogo predpriyatiya v ximicheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2024
Mirziyoyev Navoiydagi vodorod peroksidi ishlab chiqarish korxonasi bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0