Ko‘p qavatli uylarni boshqarish qanday raqamlashtiriladi
18:42 07.02.2025 (yangilandi: 18:56 07.02.2025)
© MinStroy i JKXBrifing v Ministerstve Stroitelstva i JKX

© MinStroy i JKX
Obuna bo‘lish
“Turar joy” milliy axborot tizimi yaratilib u yerga uylarning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi,
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarning yagona elektron bazasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Ko‘p qavatli uylarning texnik pasportlari ham ishlab chiqiladi. Buning uchun dastlab 1991-yilgacha qurilgan uylar xatlovdan o‘tkazilib, texnik pasportlari yaratiladi. Shu asosda barcha uylar holatini aniq ko‘rish mumkin bo‘lgan elektron baza ishga tushiriladi", - deyiladi xabarda.
Ushbu pasportlar asosida ta’mirlanadigan yoki renovatsiyaga tushadigan uylar ro‘yxati shakllantiriladi.
Ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimi ham to‘liq raqamlashtirilib, umumiy yig‘ilishlar, hisobotlar, murojaatlar va dispetcherlik xizmatlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi.
Aholining murojaatlari to‘liq “Mening uyim” tizimi orqali boshqaruv servis kompaniyalariga yuboriladi va vazirlik tomonidan ularning ijrosi kuzatib boriladi.
Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarning liftlarini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqilmoqda.
Bugunga qadar ko‘p qavatli uylardagi 8 942 ta lift texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ular bo‘yicha pasport va muvofiqlik sertifikati joriy etiladi. Shu asosda kelgusi 5-yilda 2 001 ta lift yangilanadi va 382 tasi ta’mirlanadi.