https://oz.sputniknews.uz/20250207/aqsh-ukraina-loyihasi-zelenskiy-47883078.html
AQSh “Ukraina” loyihasi yopilishi sababli Zelenskiy bilan muloqotni to‘xtatdi — tahlilchi
AQSh “Ukraina” loyihasi yopilishi sababli Zelenskiy bilan muloqotni to‘xtatdi — tahlilchi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Ukraina” loyihasini yopish qarori tufayli Vladimir Zelenskiy bilan ochiq muloqotni to‘xtatdi, dedi britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris “Duran” YouTube kanalida.
2025-02-07T12:39+0500
2025-02-07T12:39+0500
2025-02-07T12:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
aqsh
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38581047_0:930:2048:2082_1920x0_80_0_0_1e714a6a3d109f0fbacec446d34f727e.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh “Ukraina” loyihasini yopish qarori tufayli Vladimir Zelenskiy bilan ochiq muloqotni to‘xtatdi, dedi britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris “Duran” YouTube kanalida.Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari uchun yana bir xavotirli signal Kellogning Ukrainada saylov o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonoti bo‘ldi.Avvalroq Zelenskiy Ukraina kelajagi haqida bir qancha bahsli bayonotlar bergan edi. Xususan, u Kiyev rejimi AQSh bilan birgalikda foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun ochiq ekanini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiy nodir tuproq metallarining katta hajmlari hozirda Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda joylashganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kiyev rejimi rahbari Ukrainaning NATOga qo‘shilish jarayoni o‘nlab yillar davom etishi mumkinligini, xavfsizlikni ta’minlash uchun G‘arb Kiyevni yadro quroli bilan ta’minlashi kerakligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250205/zelenskiy-ukraina-jang-hududlar-47841542.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38581047_0:673:2048:2209_1920x0_80_0_0_8a57f40e962b1ca8cdf8e81ce3eb4e20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh ukraina zelenskiy
AQSh “Ukraina” loyihasi yopilishi sababli Zelenskiy bilan muloqotni to‘xtatdi — tahlilchi
12:39 07.02.2025 (yangilandi: 12:41 07.02.2025) Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar “Ukraina” loyihasini yopishga tayyorlanayotganini tushuna boshladi, deydi tahlilchi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. AQSh “Ukraina” loyihasini yopish qarori tufayli Vladimir Zelenskiy bilan ochiq muloqotni to‘xtatdi,
dedi britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris “Duran” YouTube kanalida.
“Zelenskiy Qo‘shma Shtatlar “Ukraina” loyihasini yopishga tayyorlanayotganini tushuna boshladi. Amerikaliklar endi Zelenskiy bilan gaplashmayapti, shekilli. (AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili – tahr.) Kellog Kiyevga kelmadi, Zelenskiy Trampning inauguratsiyasiga taklif qilinmadi”, — dedi tahlilchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari uchun yana bir xavotirli signal Kellogning Ukrainada saylov o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonoti bo‘ldi.
“Zelenskiy qo‘rqqan yagona bayonot Kellogdan keldi. Ular (amerikaliklar – tahr.) saylovlar haqida gapirganda, aslida Zelenskiyning ketish vaqti kelganini nazarda tutishmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina kelajagi haqida bir qancha bahsli bayonotlar bergan edi. Xususan, u Kiyev rejimi AQSh bilan birgalikda foydali qazilmalarni o‘zlashtirish uchun ochiq ekanini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiy nodir tuproq metallarining katta hajmlari hozirda Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda joylashganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kiyev rejimi rahbari Ukrainaning NATOga qo‘shilish jarayoni o‘nlab yillar davom etishi mumkinligini, xavfsizlikni ta’minlash uchun G‘arb Kiyevni yadro quroli bilan ta’minlashi kerakligini ta’kidladi.