https://oz.sputniknews.uz/20250206/ozbekiston-aholisi-daromadlar-47866412.html
O‘zbekiston aholisining 2024-yildagi daromadlari tarkibi qanday bo‘ldi?
O‘zbekiston aholisining 2024-yildagi daromadlari tarkibi qanday bo‘ldi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan yil davomida aholi real daromadlari 10,7% ga o‘sib, jon boshiga oylik o‘rtacha 2,1 million so‘mni tashkil etdi.
2025-02-06T17:33+0500
2025-02-06T17:33+0500
2025-02-06T17:33+0500
infografika
o‘zbekiston
iqtisod
ish
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47848164_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_4702ec9f1ff479137d412e3854f6460d.png.webp
Pul o‘tkazmalaridan daromad 2023-yildagi 3,1% dan 2% ga tushdi.2024 yilda nafaqalar, ijtimoiy yordam va subsidiyalar umumiy daromad hajmining 18,2% ni, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik esa 10,7% ni tashkil qildi.Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar 2023-yilga nisbatan 1,5% ga oshib, 22,9% ni tashkil etdi.Aholi daromadlarining asosiy qismini (umumiy hajmning 42% ni) ish haqi tashkil qildi.2024 yilda ish haqidan kelgan daromadlar 12,9% ga oshdi, bu 5,1 million aholi bandligi ta’minlangani va rasman ishga joylashtirilgan aholi ulushi 30% ga ko‘paygani bilan bog‘liq.4 fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalarni jalb qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2025-yil bandlikni ta’minlash va qashshoqlik darajasini kamaytirish masalalarida hal qiluvchi yil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.2025 yilda 272 ming doimiy ish o‘rni yaratish, 5,2 million aholining bandligini ta’minlash, 1,5 million fuqaroni qashshoqlikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 30 milliard dollardan oshirish rejalashtirilgan.2024 yilda O‘zbekiston aholisining daromadlari tarkibi — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47848164_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_7dd95afb43e2b1e97cc3fba6966dab12.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston daromad
O‘zbekiston aholisining 2024-yildagi daromadlari tarkibi qanday bo‘ldi?
O‘tgan yil davomida aholi real daromadlari 10,7% ga o‘sib, jon boshiga oylik o‘rtacha 2,1 million so‘mni tashkil etdi.
Pul o‘tkazmalaridan daromad 2023-yildagi 3,1% dan 2% ga tushdi.
2024 yilda nafaqalar, ijtimoiy yordam va subsidiyalar umumiy daromad hajmining 18,2% ni, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik esa 10,7% ni tashkil qildi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar 2023-yilga nisbatan 1,5% ga oshib, 22,9% ni tashkil etdi.
Aholi daromadlarining asosiy qismini (umumiy hajmning 42% ni) ish haqi tashkil qildi.
2024 yilda ish haqidan kelgan daromadlar 12,9% ga oshdi, bu 5,1 million aholi bandligi ta’minlangani va rasman ishga joylashtirilgan aholi ulushi 30% ga ko‘paygani bilan bog‘liq.
4 fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalarni jalb qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2025-yil bandlikni ta’minlash va qashshoqlik darajasini kamaytirish masalalarida hal qiluvchi yil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
2025 yilda 272 ming doimiy ish o‘rni yaratish, 5,2 million aholining bandligini ta’minlash, 1,5 million fuqaroni qashshoqlikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksport hajmini 30 milliard dollardan oshirish rejalashtirilgan.
2024 yilda O‘zbekiston aholisining daromadlari tarkibi — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.