Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni o‘rnatish shartlarini aytdi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishV sentre goroda Djiddi
V sentre goroda Djiddi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni Falastin yaratilgandan keyin Isroil bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Saudiya Arabistoni mustaqil Falastin davlatini yaratmasdan turib Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni TIVning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Saudiya Arabistoni Podshohligining Falastin davlatini barpo etish bo‘yicha pozitsiyasi qat’iy va o‘zgarmasdir... Saudiya Arabistoni... bu maqsadga erishmasdan turib Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi...”, — deyiladi bayonotda.
Saudiya Arabistonining pozitsiyasi muzokaralar obyekti emas va bu AQShning avvalgi va hozirgi ma’muriyatiga ham ma’lum qilingan, deya ta’kidladi qirollik TIV.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini “buzg‘unchi maydon” deb atab, uning aholisini ko‘chirish yaxshiroq bo‘lardi, deb aytdi. AQSh ko‘chirish harakatlarini moliyalashtirmaydi, dedi Tramp, zarur mablag‘ga ega bo‘lgan Yaqin Sharq davlatlari bu jarayon uchun pul to‘lashi mumkin degan fikrni bildirdi.
Shuningdek, Tramp kelgusi to‘rt hafta ichida Isroil G‘arbiy Sohilda suverenitetga ega bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishga va’da berdi.
Intervyu Sergeya Lavrova radiostansiyam Sputnik, Komsomolskaya pravda i Govorit Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Isroil-Falastin mojarosi
Lavrov Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilishga nima yordam berishini aytdi
Yangiliklar lentasi
0