O‘zbekistonda Yoqutistonning savdo uyi ochilishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda Yoqutiston va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yoqutiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni faollashtirmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Saxa Respublikasi (Yoqutiston) viloyati hukumati raisi o‘rinbosari – Uzoq Sharq federal okrugi bo‘yicha doimiy vakil Kim Borisov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
© Torgpredstvo Rossii v UzbekistaneYakutiya aktiviziruyet sotrudnichestvo s Uzbekistanom
Yakutiya aktiviziruyet sotrudnichestvo s Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Yakutiya aktiviziruyet sotrudnichestvo s Uzbekistanom
Unda Yoqutiston va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi. Sanoat sohasi, jumladan, tog‘-kon va yengil sanoat, IT-sanoati va ijodiy sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekistondan Rossiyaning shimoliy mintaqasiga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.

“Shuningdek, “Chirchiq” va “Jizzax” sanoat texnoparklarida Yoqutiston kompaniyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, O‘zbekistonda Yoqutistonning savdo uyini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

Konstantin Zligostev Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev boshchiligidagi delegatsiyaning shu yil 28-30 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan tashrifini tashkil etish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0