https://oz.sputniknews.uz/20250205/ozbekiston-qozogiston-16-milliard-kub-metr-suv-47842232.html
O‘zbekiston bu yil Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi
O‘zbekiston bu yil Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istonga jo‘natiladigan suv hajmini oshirdi. 05.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-05T13:13+0500
2025-02-05T13:13+0500
2025-02-05T13:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
suv
suv xo‘jaligi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0f/42036909_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_78dddc3346ef9613ef7a399a341efad1.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning 1-oktabriga qadar Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi, deya xabar berdi Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmati. Bunday kelishuvga Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev ikki tomonlama suv hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 12-yig‘ilishida erishildi. Tomonlar qayd etishicha, o‘tgan suv xo‘jaligi yilida (2023 yil oktabr – 2024-yil oktabr) Qozog‘istonga 15 milliard kub metr suv jo‘natilgan. Shunday qilib, joriy suv xo‘jaligi yilida bu hajmni 1 milliard kub metrga oshirish kutilmoqda. O‘zbekiston tomoni 2025-yilgi sug‘orish mavsumida Do‘stlik kanali orqali barqaror suv ta’minotini ham ta’minlashga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, vazirlar Qozog‘istonning Turkiston viloyati va O‘zbekistonning Jizzax viloyati fermerlarining suv ta’minotini yaxshilash imkonini beruvchi davlatlararo kanallarda ta’mirlash ishlarini birgalikda olib borishga kelishib olishdi. Aytilishicha, fevral oyida qo‘shma ishchi guruhning xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda kelgusidagi qo‘shma harakatlar muhokama qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250108/jizzax-aqlli-suv-boshqarish-tizim-47479565.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/0f/42036909_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1d1757d571325b0f67156e2f31fd6718.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, suv, suv xo‘jaligi vazirligi
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, suv, suv xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston bu yil Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi
O‘zbekiston Qozog‘istonga jo‘natiladigan suv hajmini oshirdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning 1-oktabriga qadar Qozog‘istonga 16 milliard kub metr suv jo‘natadi, deya xabar berdi Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi
matbuot xizmati. Bunday kelishuvga Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev ikki tomonlama suv hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 12-yig‘ilishida erishildi.
Tomonlar qayd etishicha, o‘tgan suv xo‘jaligi yilida (2023 yil oktabr – 2024-yil oktabr) Qozog‘istonga 15 milliard kub metr suv jo‘natilgan. Shunday qilib, joriy suv xo‘jaligi yilida bu hajmni 1 milliard kub metrga oshirish kutilmoqda.
O‘zbekiston tomoni 2025-yilgi sug‘orish mavsumida Do‘stlik kanali orqali barqaror suv ta’minotini ham ta’minlashga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, vazirlar Qozog‘istonning Turkiston viloyati va O‘zbekistonning Jizzax viloyati fermerlarining suv ta’minotini yaxshilash imkonini beruvchi davlatlararo kanallarda ta’mirlash ishlarini birgalikda olib borishga kelishib olishdi.
“Muhokama qilinadigan yana bir mavzu Sirdaryoda suvini hisobga olishni avtomatlashtirish bo‘ldi. Biz ilgari har bir mamlakatda bunday tizimlar o‘rnatiladigan dastlabki 10 ta 5 ta nuqtani belgilab olganmiz. Bugun biz loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun texnik shartlarni kelishib oldik”, – dedi Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri.
Aytilishicha, fevral oyida qo‘shma ishchi guruhning xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda kelgusidagi qo‘shma harakatlar muhokama qilinadi.