O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yangi kelishuvlar amalga oshiriladi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Yetakchilar 2025-2026 yillarni O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, tashrif arafasida tahliliy markazlar uchrashuvi, O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi o‘tkazildi.
“Hamkorlikni rivojlantirish va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti platformasini tashkil etishga qaror qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi amaliy hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori v uzkom sostave i s uchastiyem ofitsialnix delegatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish maqsadida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish, o‘zaro sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish, Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishga kelishib olindi. Malayziya hukumati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Yetakchilar 2025-2026 yillarni O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishib oldilar”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shuningdek, iqtisodiy hamkorlikning yangi modelining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi: neft-kimyo va kimyo, elektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoati, innovatsion sanoat, "aqlli" qishloq xo‘jaligi, "yashil" energetika, ziyorat turizmi va boshqalar.
Aytilishicha, Toshkent viloyatida Malayziyaning yetakchi kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etilmoqda.
Joriy yilda O‘zbekiston va Malayziyada madaniyat haftaliklari o‘tkaziladi.
Yetakchilar mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi. Terrorizm, radikalizm va islomofobiyaga qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori v uzkom sostave i s uchastiyem ofitsialnix delegatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashga qaror qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.