O‘zbekistonda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi qancha — infografika

Obuna bo‘lish
Eng arzon palov Namangan viloyatida bo‘lib qolmoqda.
Statistika agentligi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, shu yilning yanvar oyiga ko‘ra, eng qimmat palov narxi 35 ming 744 so‘m bilan Toshkentda qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati, uchinchi o‘rinni esa Xorazm viloyati egalladi. Eng arzon palov Namangan viloyatida bo‘lib qolmoqda.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
Qoraqalpog‘iston – 26 100 so‘m
Andijon viloyati – 31 200 so‘m
Buxoro viloyati – 33 900 so‘m
Jizzax viloyati –28 800 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m
Navoiy viloyati – 26 800 so‘m
Namangan viloyati – 23 000 so‘m
Samarqand viloyati – 30 500 so‘m
Surxondaryo viloyati – 29 200 so‘m
Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m
Toshkent viloyati – 27 300 so‘m
Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m
Xorazm viloyati – 31 900 so‘m
Toshkent shahri – 35 700 so‘m
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0