Lavrov MDH davlatlarining Rossiyadagi elchilari bilan uchrashdi

© Ministerstvo inostrannix del Rossiyskoy FederatsiiO vstreche Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii S.V.Lavrova s poslami gosudarstv-uchastnikov SNG
O vstreche Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii S.V.Lavrova s poslami gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Obuna bo‘lish
Tadbir davomida Rossiya raisligida 2024-yilda MDH formatidagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va MDHga a’zo davlatlarning Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan elchilarining an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda Hamdo‘stlik bosh kotibi Sergey Lebedev, O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida Rossiya raisligida 2024-yilda MDH formatidagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi.
"2025 yil – Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi – Natsizmga qarshi kurashda tinchlik va hamjihatlik yili bo‘lishi uchun asosiy vazifalar belgilandi, tashqi siyosatni muvofiqlashtirishni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv ishtirokchilari dolzarb global va mintaqaviy muammolar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi prezidentining Yevroosiyoda teng va ajralmas xavfsizlikning yangi arxitekturasini shakllantirish tashabbusini amalga oshirish borasida fikr almashishdi.
Shuningdek, Tojikistonning joriy yilda MDHga raisligining ustuvor yo‘nalishlari qo‘llab-quvvatlandi.
Shavkat Mirziyoyev zavershil svoy rabochiy vizit v Rossiyu dlya uchastiya v neformalnom sammite SNG i otbil v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2025
MDH davlat rahbarlari qachon uchrashishi aytildi
Yangiliklar lentasi
0